Nyu-Yorkda piyodalar haydovçi tomondan avtomobilda bosib ketilişi oqibatida 10 kişi jarohat oldi. Bu haqda New York Daily News naşri saytida ma'lum qilindi. 

Naşr ma'lumotlariga köra, yöl-transport hodisasi Manxettendagi 37-Uest-strit köçasi va 9-avenyu kesişgan joyda sodir böldi.

Jarohatlanganlardan biri şifoxonaga yetkazildi, qolganlarga esa voqea joyida birinçi tibbiy yordam körsatildi.

Politsiya bölib ötgan voqea va jabrlanganlar soni haqidagi ma'lumotni tasdiqladi. Guvohlarning aytişiça, avariya haydovçi svetoforning sariq çiroğida çorrahadan ötib ketmoqçi bölganligi oqibatida yuz bergan bölişi mumkin. "Fikrimça, haydovçi sariq çiroqni körib tezlikni oşirişga qaror qilgan. Uning maşinasi taksi bilan töqnaşgandan keyin yönalişini özgartirib, piyodalar yölkasiga çiqib ketgan", deb aytgan yaqin oradagi kafe egasi Jonni Jordani.

Yana bir kafe xodimi Jamol Dayfallaning ma'lum qilişiça, maşina piyodalar yölkasiga çiqib ketib, panjara va daraxtga urilgan, söngra esa tezligi pasayib, ayolni urib yuborgan. 

Şunga öxşaş voqea Nyu-Yorkda may oyi örtalarida sodir bölgandi. Öşanda haydovçi öz avtomobilida Tayms-skver maydonida piyodalarni bosib ketişi oqibatida bir kişi halok bölgandi, 20 kişi jarohat olgandi. Voqea terrorçilik bilan boğlanmagani qayd qilingan. YTH sababçisi 26 yoşli yigit bölib çiqqan. U YTHni sodir etiş vaqtida sintetik marixuana ta'siri ostida bölgan.