Jahon | 22:00 / 28.02.2018
5527
2 daqiqa o‘qiladi

Slovakiya madaniyat vaziri mamlakatda jurnalist o‘ldirilgandan keyin lavozimidan bo‘shadi 

Slovakiya madaniyat vaziri Marek Madarik jurnalist Yan Kuchak o‘ldirilishi sababli iste'foga ketishini e'lon qildi. Uning aytishicha, u yuz bergan voqeadan keyin lavozimida qololmaydi.

Kuchak va uning qaylig‘i jasadi fevral oxirida ular yashagan uyda topilgan. Ular otib o‘ldirilganlar. Politsiyaning ta'kidlashicha, qotillik 22 fevraldan 25 fevralgacha oraliqda sodir etilgan. Ushbu qotillik Slovakiyada birinchi marta jurnalist o‘ldirilib  ketishi bo‘ldi. Kuchak oxirgi vaqtda slovakiyalik siyosatchilarning italyan mafiyasi bilan aloqalari tergovi bilan shug‘ullangan. Uning o‘z poyoniga yetmagan tergovi 28 fevralda jurnalist-tergovchilar xalqaro konsorsiumi tomondan chop etildi.

Slovakiya qonunchiligiga ko‘ra, madaniyat vaziri matbuotni nazorat qiladi va jurnalistika masalalari bilan shug‘ullanadi.

Slovakiya bosh vaziri Madarikning iste'fosini qabul qilgan.

“Istalgan normal odam ikki kishining o‘ldirilishidan larzaga tushadi. Madaniyat vazirligi jurnalistlarga eng yaqin idoradir. Bo‘lgan voqeadan keyin o‘zimning vazirlik kursimda bamaylixotir o‘tira olishimni tasavvur qilolmayman”, deb aytgan Madarik. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid