O‘zbekiston | 22:10 / 01.03.2018
182087
1 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘istonda dahshatli avariya. Avtomobil yonib ketishi oqibatida 6 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

Bugun, 1 mart kuni soat 6:00da Qozog‘istonning Mang‘istov viloyatida yirik yo‘l-transport hodisasi ro‘y berishi oqibatida 7 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda TengriNews xabar tarqatdi.

Shetpe qishlog‘i yaqinida, «Oqtov – Beynov» avtoyo‘lidagi dahshatli YTH Lada Largus (davlat raqami 90 S830JA) yengil mashinasi va Shacman (davlat raqami 737 DPA/12) yuk mashinasi ishtirokida ro‘y bergan. Halok bo‘lganlarning 6 nafari O‘zbekiston fuqarolaridir.

Bu ma'lumot O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan tasdiqlandi.

To‘qnashuvdan keyin avtomobil yonib ketgan.

Foto: Lada.kz
Foto: Lada.kz

Ayni vaqtda qurbonlarning shaxsini aniqlash ishlari boshlangan, halokat yuzasidan tergov ishlari olib borilmoqda.

FVV maxsus telefon raqami ochdi: (+998 71) 147-10-50.

O‘zbekistonning Qozog‘istondagi diplomatik vakolatxonasi telefon raqamlari: +7 777 218-20-10 va +7 727 291-06-44.

Mavzuga oid