O‘zbekiston | 09:50 / 02.03.2018
133222
2 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘istondagi YTHda halok bo‘lgan o‘zbekistonliklarning dastlabki ro‘yxati e'lon qilindi. Ularning barchasi Xorazmdan

O‘zbekiston FVV Qozog‘istonning Mang‘istov viloyatida ro‘y bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida halok bo‘lgan 6 nafar o‘zbekistonlikning dastlabki ro‘yxatini e'lon qildi.

Dastlabki ro‘yxatdagilarning barchasi Xorazm viloyatidan.

Lada Largus haydovchisi:
Rasulbek Qo‘ziboyevich Allayarov. 1981 yilda tug‘ilgan. Manzili: Xorazm viloyati, Shovot tumani, Gulchi ko‘chasi,19-uy.

Lada Largus yo‘lovchilari:
Zokir Quronboyevich Dushamov. 1977 yilda tug‘ilgan. Manzili: Xorazm viloyati, Shovot tumani, Chukli qishlog‘i, To‘qmang‘it mahallasi, raqamsiz uy.

Sherzod Saparboyevich Rahimov. 1980 yilda tug‘ilgan. Manzili: Xorazm viloyati, Shovot tumani, Guliston shaharchasi, raqamsiz uy.

Begnazarov Mardonbek Xushnud o‘g‘li. 1995 yilda tug‘ilgan. Manzil: Xorazm viloyati, Bog‘ot tumani, Nayman qishlog‘i, raqamsiz uy.

G‘ayrat Ro‘zmatovich Madaminov. 1985 yilda tug‘ilgan. Xorazm viloyati, Gurlan tumani, Gurlan shaharchasi, Maxtumquli ko‘chasi, 34-uy.

Boltayev Mahmudjon Saburjon o‘g‘li. 1995 yilda tug‘ilgan. Manzili: Xorazm viloyati, Yangiariq tumani, Ostona qishlog‘i, raqamsiz uy.

1 mart kuni soat 6:00da Qozog‘istonning Mang‘istov viloyatida Lada Largus avtomobili va Shacman yuk mashinasi to‘qnashib, yengil avtomobil yonib ketdi.

Ayni paytda halokat yuzasidan tergov ishlari olib borilmoqda. FVV fojia yuzasidan maxsus telefon raqami  ochgan: (+998 71) 147-10-50.

Mavzuga oid