Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin Rossiya uchun asosiy tahdidni ma'lum qildi
Rossiya uchun asosiy tahdid – ortda qolishdir, bunday vaziyatni o‘zgartirish va rivojlanish dinamikasi bilan ta'minlash kerak. Bu haqda mamlakat prezidenti Vladimir Putin ma'lum qildi.
"Aynan ortda qolish – shu asosiy tahdid va bizning dushman. Agarda vaziyatni o‘zgartirmasak, u faqat kuchayib boradi. Bu xuddi doimiy kasallikdek, u organizmni ichidan yemiradi", - deya aytib o‘tdi Putin Federal yig‘ilishga murojaat bilan chiqib.
Uning so‘zlariga ko‘ra, shunday yaratuvchanlik qudrati, shunday rivojlanish dinamikasini yaratish kerakki, bunda hech qanday to‘siqlar oldinga qarab harakatlanishga xalaqit bermasligi lozim. "Bizning o‘zimiz kelajagimizni aniqlashimiz kerak va shunday qilamiz", - degan Putin.