Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
General-mayor Bahodir Qurbonov boshchiligidagi delegatsiya RF qurolli kuchlari jangovar tayyorgarlik uslublari bilan tanishdi
Toshkent harbiy okrugi qo‘shinlari qo‘mondoni general-mayor Bahodir Qurbonov boshchiligidagi O‘zbekiston harbiy delegatsiyasi Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi qo‘shinlarining jangovar tayyorgarlik jarayonlari, amaliy mashg‘ulotlarni olib borish usul va uslublari bilan yaqindan tanishishdi, deya xabar berdi mamlakat Mudofaa vazirligiga Rossiya Federatsiyasi Markaziy harbiy okrugi matbuot xizmati.
O‘zbekistonliklar Rossiyaning Markaziy harbiy okrugidagi Chelyabinskda joylashgan dala-o‘quv maydonida tankchilar diviziyasi hamda Samara garnizonidagi harbiy bo‘linmalarning amaliy taktik mashg‘ulotlarini kuzatishdi.
Xususan, O‘zbekiston delegatsiyasi u yerda razvedka ishg‘ol tizimini qo‘llagan holda batalon taktik guruhlarining jangovar o‘q otish mashqlari, qo‘shin turlari bilan hamkorlikni tashkil etishda qo‘mondonlik punktlarining ish tartibi, shuningdek, tankchilarning reyd harakatlari va shartli dushman flangiga yorib kirish usullari bilan tanishishdi.
Mavzuga oid
08:40 / 06.06.2026
Kremlda Putin va Shryoder o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi
22:29 / 05.06.2026
Rossiya yana urushni tanladi - Zelenskiy Putinga javob berdi
20:55 / 05.06.2026
Rossiya mintaqadagi shunchaki qo‘shni emas, vaqt sinovidan o‘tgan strategik sherik va ittifoqchi - Shavkat Mirziyoyev
20:34 / 05.06.2026