Özbekiston "Mahalla" xayriya jamoat fondi va Respublika "Nuroniy" jamğarmasi Özbekiston xalqiga töy-haşamlar va ma'rakalarni kamxarj va tartibli ötkaziş böyiça murojaat bilan çiqdi.

Mamlakatimizda inson manfaatlari va turmuş farovonligini ta'minlaş, xalqimizning hayot darajasi va sifatini yaxşilaş, yoş oilalarni moddiy va ma'naviy jihatdan qöllab-quvvatlaş, soğlom turmuş tarzini qaror toptiriş yölida katta işlar amalga oşirilmoqda, deyiladi murojaatda.

Bu borada xalqimizning ezgu qadriyatlarini özida mujassam etgan, odamlarimizni birlaştiriş, ular örtasida özaro ahillik va mehr-muruvvat tuyğularini mustahkamlaşga xizmat qiladigan töy va marosimlar muhim örin tutadi. Şu ma'noda, bunday tadbirlar el-yurtimizning madaniyati, ma'naviy saviyasi darajasini yaqqol körsatuvçi omillardan biri, desak yanglişmaymiz.

Afsuski, keyingi paytlarda töylar, oilaviy tantanalar, marhumlar xotirasiga bağişlangan tadbirlarni ötkazişda şuhratparastlik, özini köz-köz qiliş, atrofda yaşayotgan odamlarning hol-ahvolini inobatga olmaslik, xalqimizning urf-odatlari va an'analarini mensimaslik kabi salbiy illatlar közga taşlanmoqda.

Uşbu dolzarb masala neça ön yillardan beri xalqimizning ötkir muammolaridan biri bölib kelmoqda. XX asr boşida jadid bobolarimiz töy-ma'rakalarimizdagi isrofgarçilik va dabdababozlikning millatimizni ma'naviy tanazzul va qaşşoqlikka yetaklaydigan illat ekani haqida kuyunib yozganlarini eslaylik. Uluğ ma'rifatparvar bobomiz Mahmudxöja Behbudiy millatimiz taraqqiyotiga töğanoq böladigan ikki narsa bor: bu – töy va azadir, deb ayni haqiqatni yozgan edi.

Afsuski, yillar ötsa-da, zamon özgarib borayotgan bölsa-da, milliy taraqqiyotimizga katta tösiq va ğov bölib kelayotgan bu illatga barham beriş, töy-ma'rakalarni ixçam, zamonaviy körinişda ötkaziş örniga, töydan oldin va keyin böladigan kerakli-keraksiz tadbirlarni öylab topiş, dabdababozlik qilib, haddan ziyod isrofgarçilikka yöl qöyiş holatlari tobora kuçayib bormoqda.

Pul topib, aql topmagan, ma'naviy saviyasi past ayrim kimsalar, ayniqsa, oyoği yerdan uzilgan ba'zi mansabdorlar bu borada axloq-odob mezonlarini unutib, özlarining jamiyatdagi mavqeini, boyligini körsatib qöyiş kabi xudbin maqsadlarni közlamoqda.

Eng yomoni, bunday holatlar yoşlarimiz tarbiyasiga salbiy ta'sir körsatmoqda. Ularda halol mehnatga nisbatan bepisand munosabat va yengil-yelpi hayot keçiriş, manmanlikka intilişning kuçayişiga sabab bölmoqda.