Oliy Majlis Senatining ellik oltinçi yalpi majlisida senatorlar “Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga kommunal tölovlarni sud orqali undirişda qulayliklar yaratişga qaratilgan qöşimça va özgartirişlar kiritiş haqida”gi qonunni muhokama qilişdi.

Qayd etilişiça, qonun bilan Fuqarolik protsessual kodeksi va “Davlat boji töğrisida”gi qonunga özgartiriş va qöşimçalar kiritilmoqda.

Unga köra köp kvartirali uylarni boşqariş organlari özlari tomonidan aholiga körsatilgan xizmatlar uçun majburiy tölovlar böyiça qarzdorlikni undiriş töğrisidagi da’volar, arizalar va şikoyatlar bilan fuqarolik işlari böyiça va iqtisodiy sudlarga murojaat qilişda davlat bojini tölaşdan ozod qilinadi.

Şuningdek, aholining ortiqça ovoragarçiligining oldini oliş va odil sudlovni ta’minlaş maqsadida Fuqarolik protsessual kodeksiga ham özgartiriş va qöşimçalar kiritilmoqda.
Jumladan, fuqarolik işlari böyiça va iqtisodiy sudlarga köp kvartirali uyning joylari mulkdorlaridan majburiy badallar va tölovlarni undiriş böyiça sud buyruğini beriş töğrisidagi ariza bilan murojaat qilişda arizaga ilova qilinişi lozim bölgan hujjatlar röyxati qat’iy belgilab qöyilyapti.

Muhokamadan söng qonun ma’qullandi.













