O‘zbekiston | 19:30 / 04.03.2018
166882
1 daqiqa o‘qiladi

Navoiyda MXX beshinchi sektorga biriktiriladi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Navoiy viloyatiga tashrifi doirasida 2 mart, juma kuni Xatirchi tumanida viloyat faollari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Prezident bu viloyatdagi yig‘ilishda ham Milliy xavfsizlik xizmati haqida gapirgan.

«Kun.uz» manbasining ma'lumot berishicha, prezident ushbu viloyatdagi xavfsizlik xizmatida ham tozalash ishlari o‘tkazilgani haqida gapirgan, viloyatdagi tizim xodimlarining aksar qismi halol xodimlar ekanini e'tirof etgan.

Endilikda tizim xodimlari uchun sharoitlar yaxshilanadi, xususan, ular xizmat uylarida emas, o‘z uylarida turadi, ularga kreditlar ajratiladi.

Shuningdek, prezident xizmatning ish prinsiplari tubdan o‘zgarishi haqida gapirgan. Ma'lum qilinishicha, Navoiy viloyatida MXXga rasman beshinchi sektor biriktirilgan. Bu sektor vazifalari qatorida ekstremizmga qarshi kurash bilan shug‘ullanish vazifasi ham mavjud.

Mavzuga oid

E`lonlar