Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniya iqtisodiyoti yomon ob-havo tufayli kuniga 1,4 mlrd dollar ziyon ko‘rdi
Foto: EPA/Lindsey Parnaby
O‘tgan haftada Buyuk Britaniyada kuzatilgan sovuq havo va qor yog‘ishlar mamlakat iqtisodiyotiga kuniga 1 mlrd funt sterling (1,38 mlrd dollar) miqdorida ziyon keltirdi. Bu haqda The Observer nashri xabar bermoqda. Qurilish sohasining o‘zida eng sovuq 3 kunda qurilish ishlari to‘xtab qolgani sababli 2 mlrd funt sterling (2,76 mlrd dollar) ziyon ko‘rilgan.
Nashr ushbu tabiiy ofat sababli ko‘rilgan bevosita va bilvosita oqibatlar oqibatida Buyuk Britaniya yalpi ichki mahsuloti 2018 yil 1-choragida kutilayotgan 0,4 foizdan 0,2 foizgacha tushib ketishi mumkinligini istisno qilmayapti. Bunday natijaga bir muammoning boshqasi tufayli yuz berishi olib kelishi mumkin. Yomon ob-havo tufayli temir yo‘l va aviareyslarning bekor qilinishi, avtomobil yo‘llarning to‘silishiga olib kelgan qor uyumlari va yaxvonlik tufayli yuz bergan yo‘l-transport hodisalari ko‘plab odamlarga ish joylariga yetib borishga imkon bermagan.
Shu sabablarga ko‘ra xom ashyo materiallari korxonalarga yetkazib berilmagan, bu esa ishlab chiqarishning to‘xtashiga olib kelgan. Transport muammolari sababli ko‘plab do‘konlar, restoranlar va boshqa xizmat ko‘rsatish korxonalari, madaniyat, ko‘ngilochar va sport muassasalari bo‘shab qolgan.
Buyuk Britaniyada yomon ob-havo sharoiti kuchli sovuq front kelishi oqibatida yuzaga kelgan. Bu esa haroratning kechkin pasayishiga olib kelgan. Vaziyat sharqdan kelgan antitsiklon Azor orollari tomondan kelgan “Emma” dovuli bilan to‘qnashgani sababli yanada murakkablashgan.
Mavzuga oid
10:17 / 13.02.2026
Buyuk Britaniyada “O‘zbek madaniyati elchisi” tayinlandi
14:21 / 12.02.2026
PURL: London Kiyev uchun AQSh qurollariga 150 mln funt ajratadi
15:29 / 10.02.2026
Britaniya “yashirin flot” tankerlarini kuzatish va qo‘lga olish rejasini tayyorlamoqda
12:06 / 10.02.2026