Jahon | 07:33 / 05.03.2018
5205
2 daqiqa o‘qiladi

Germaniyada 5 oylik muzokaralardan keyingina yangi hukumatni tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi

Foto: AFP/Lenny Pichette

Germaniya Sotsial-demokratik partiyasi (GSDP) Angela Merkel tomondan yetakchilik qilinuvchi XDI/XSI bloki (Xristian-demokratik ittifoqi va Xristian-sotsial ittifoqi) bilan koalitsiyaviy hukumatni tashkil etishni ma'qulladi. 

Germaniyaning yangi vazirlar mahkamasi yaqin haftalarda shakllantirilishi mumkin. GSDP rahbari Olaf Sholtsning aytishicha, yangi hukumat tarkibiga partiyaning 6 vakili kiradi. Ular aynan qanday vazirliklarda lavozimlarga ega bo‘lishlari hozircha noma'lum. Avvalroq nemis OAV sotsial-demokratlar moliya va tashqi vazirligini boshqarishlari mumkinligini ma'lum qilgandi.

Yangi hukumatda Merkel kansler bo‘lib qoladi.

Nemis Bundestagiga saylovlar 2017 yil sentabrda bo‘lib o‘tgandi. Parlamentda eng ko‘p o‘rinni XDI/XSI bloki olgan, GSDP esa 153 o‘rin olgan. Germaniyada koalitsiyaviy hukumat tashkil etish bo‘yicha muzokaralar parlament saylovlaridan keyin boshlanib, 1949 yilda GFR tashkil etilgandan keyingi eng uzoq davom etgani bo‘ldi.

Saylovlardan keyin iste'foga ketishi kerak bo‘lgan hukumat yangi hukumat yo‘qligi sababli o‘z majburiyatlarini yana 5 oy bajarishda davom etdi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid