Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniya: Yevroittifoq Tramp ustidan JSTga shikoyat bilan chiqishi kerak
Foto: Reuters
GFR iqtisodiyot va energetika vaziri Brigitte Tsipris AQSh prezidenti Donald Trampning po‘lat hamda alyuminiyga boj joriy etish borasidagi rejalariga qat'iy javob qaytarishga chaqirdi. Bu haqda «Interfaks» xabar bermoqda.
«O‘ylashimcha, biz, Yevroittifoq sifatida, bunga javob qaytarishimiz lozim, sababi bu YeIga to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqador narsa», - deya aytib o‘tdi Tsipris.
Uning so‘zlariga ko‘ra, «nima bo‘lgan taqdirda ham, Yevropa Jahon savdo tashkilotiga AQSh ustidan shikoyat yuborishi lozim».
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Fransiya tashqi ishlar vaziri Jan-Iv Le Drian Yevroittifoqni AQShning po‘lat va alyuminiyga boj joriy etish bo‘yicha rejalariga nisbatan qat'iylik ko‘rsatishga chaqirgandi.
Mavzuga oid
08:50 / 24.04.2026
Tramp: Putin G20 sammitiga kelsa, foydali bo‘ladi
08:55 / 23.04.2026
Politico: Tramp NATO davlatlarini “yaxshi” va “yomon”ga ajratdi
23:38 / 22.04.2026
Germaniya harbiy strategiyani qabul qildi va Rossiyani asosiy tahdid deb atadi
11:45 / 22.04.2026