AQShda jinoyatchilarga himoyalangan smartfonlar sotgan kompaniya bosh direktori hibsga olindi

Foto: AFP
Federal qidiruvlar byurosi BlackBerry va Android himoyalangan smartfonlarini sotish bilan shug‘ullanuvchi Phantom Secure kompaniyasi bosh direktorini hibsga oldi. FQBning aytishicha, kompaniya butun dunyo bo‘ylab jinoiy tashkilotlarga qurilmalarni yetkazib berish bilan shug‘ullangan.
Motherboard nashri ma'lumotlariga ko‘ra, Phantom Secure jinoiy faoliyat uchun mo‘ljallangan smartfonlarni narkokartellarga yetkazib bergani uchun FQB, Kanada va Avstraliya politsiyasi nishoniga aylangan. Tergovchilarning fikricha, kompaniya bosh direktori Vinsent Ramos bundan xabardor bo‘lgan.
Sud hujjatlariga ko‘ra, Phantom Secure nafaqat ba'zi jinoyatlar bilan bog‘langan bo‘lgan, balki jinoyatchilikka ko‘mak berish maqsadida yaratilgan. Kompaniya BlackBerry va Android smartfonlaridan kamera, mikrofon va internetga ulanish uchun mo‘ljallangan ba'zi standart funksiyalarni o‘chirish maqsadida smartfonlarni qayta dasturlagan.
Bundan tashqari, kompaniya mijozlariga masofadan turib qurilmadan ma'lumotni o‘chirishni taklif qilgan. Kompaniya xizmatlaridan Meksikadagi eng yirik narkokartel – Sinaloa a'zolari ham foydalanishgan.
2016 yilda Niderlandiya politsiyasi ham shunga o‘xshash vaziyatga to‘qnash kelgan. Politsiyaning aniqlashicha, Ennetcom kompaniyasi jinoyatchilar tomonidan qo‘llanuvchi shifrlangan tarmoqni boshqargan.
Tavsiya etamiz
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35 / 30.03.2025
Dunyo bo‘ylab Ramazon hayiti qanday kutib olindi – fotolar
Jahon | 20:30 / 30.03.2025
AQSh «Tolibon» bilan aloqa o‘rnatyaptimi?
Jahon | 16:25 / 30.03.2025
Germaniyadagi shaharcha gazetada e’lon berib, yangi hokim axtarmoqda
Jahon | 07:57 / 30.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Shovotda benzin sisternasiga tushgan yigit zaharlanib vafot etdi
Jamiyat | 18:55
-
Temu O‘zbekistonda qancha soliq to‘lashi kerakligi ma’lum bo‘ldi
O‘zbekiston | 18:53
-
Shavkat Mirziyoyev: «Oldimizda mintaqamizni nafaqat barqaror, balki farovon qilish uchun tarixiy imkoniyat turibdi»
O‘zbekiston | 18:52
-
Marin Le Pen qamoqqa hukm qilindi
Jahon | 18:22
Mavzuga oid

20:40 / 01.03.2025
AQSh Tramp talablari bajarilmasa, Meksikaga «harbiy harakatlar» bilan tahdid qildi

20:19 / 07.10.2024
Meksikada lavozimiga tayinlanganiga 6 kun bo‘lgan mer o‘ldirib ketildi

21:31 / 21.09.2024
AQShda Meksika narkokarteli boshlig‘ining o‘g‘li sud qilindi

17:24 / 07.07.2024