AQSh prezidenti Donald Tramp Meksikani, uning ta’kidlashicha, narkokartellarga qarshi kurashning uddasidan chiqa olmayotganlikda ayblab, shu munosabat bilan AQSh tomonidan bu davlat hududiga zarbalar berilishini mumkin deb hisoblashini bildirdi.

«Men narkotiklarni to‘xtatish uchun Meksika hududiga zarba bergan bo‘larmidim? Bu meni qoniqtiradi. Biz narkotiklarni to‘xtatish uchun zarur bo‘lgan hamma ishni qilamiz», – dedi Tramp 17 noyabr kuni Oq uyda jurnalistlar savoliga javob berib. Undan AQSh Meksika hududida narkotrafikka qarshi operatsiya o‘tkazishni ma’qullaydimi, deb so‘rashdi.

«Men buni qilish niyatidaman, demayapman, biroq bunday qilish bilan faxrlangan bo‘laman. Chunki shunday qilish orqali biz millionlab odamlarning hayotini saqlab qolamiz», – dedi Tramp.

Avgust oyidan beri Vashington Karib havzasida katta harbiy mavjudlikni saqlab kelmoqda, shu jumladan harbiy kemalarni joylashtirgan holda. Rasmiy bayonotlarga ko‘ra, bu qadam Lotin Amerikasidagi qator mamlakatlarda narkosavdogarlarga qarshi kurashish uchun qilingan.

Trampning ta’kidlashicha, Amerika harbiy mavjudligining kuchaytirilishi fonida taranglik ortayotgani bois u Venesuela rahbari Nikolas Maduro bilan gaplashishga tayyor.

«Ma’lum bir paytda men u bilan gaplashaman», – dedi Tramp jurnalistlarga. Shu bilan birga, u venesuelalik rahbar "Qo‘shma Shtatlarga yaxshi munosabatda emas"ligini qo‘shimcha qildi.

Undan AQSh qo‘shinlari Venesuela hududida paydo bo‘lishi mumkinmi, deb so‘rashganda, Tramp: «Men buni istisno qilmayman, men hech narsani istisno qilmayman. Biz faqat Venesuela haqida qayg‘urishimiz kerak. Ular minglab, yuz minglab odamlarni, jumladan turmalardan chiqqanlarni mamlakatimizga tashlab yubordi», – deb javob berdi.

Bir necha soat o‘tib, Maduro o‘zining haftalik teledasturi efirida AQShda "Venesuela bilan gaplashishni istagan har qanday odam" bilan "yuzma-yuz" suhbatga tayyorligini ma’lum qildi.

Hozirgi paytda AQSh dengiz piyoda qo‘shinlari kontingenti Trinidad va Tobagoda harbiy mashqlar o‘tkazmoqda. Bu – Vashington va Venesuela qirg‘og‘idan taxminan 10 km uzoqlikda joylashgan kichik inglizzabon arxipelag o‘rtasida bir oydan kamroq vaqt ichida o‘tkazilayotgan ikkinchi shunga o‘xshash manyovrlardir.

Biroq Trinidad va Tobago rahbari dushanba kuni uning davlati o‘z hududidan Venesuelaga zarba berish uchun foydalanishga yo‘l qo‘ymasligini, qolaversa, AQSh hech qachon bunday narsa so‘ramaganini bildirdi.

"Qo‘shma Shtatlar hech qachon Venesuela xalqiga zarba berish uchun hududimizdan foydalanishga ruxsat so‘ramagan", – dedi bosh vazir Kamla Persad-Bissessar AFP agentligiga.