Jahon | 14:31 / 12.03.2018
6056
1 daqiqa o‘qiladi

Germaniyada musulmonlar hukumatni masjidlar himoyasini kuchaytirishga chaqirdi

Foto: Reuters

Germaniyadagi turk-islom diniy muassasalar ittifoqi (DITIB) mamlakat hukumatini masjidlar himoyasini kuchaytirishga chaqirdi. Bu ulardan biriga Berlinda yakshanba, 11 martga o‘tar tunda o‘t qo‘yib yuborilgani tufayli yuz berdi, deb xabar qilmoqda Deutsche Welle.

DITIB’dan ta'kidlashlaricha, bu so‘nggi ikki oyda masjidlarga hujum bo‘yicha 18-holatga aylandi.

Qayd etilishicha, politsiya yaqinda ro‘y bergan hodisa vaqtida guvohlar uch nafar voyaga yetmagan shaxsni ko‘rishgani haqida ma'lum qilgan. Ular yuz bergan voqeaga mas'ul bo‘lishi mumkin.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid