Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Slovakiyada o‘ldirib ketilgan jurnalist maqolalari “nishoni” bo‘lgan tadbirkor qo‘lga olindi
Slovakiya politsiyasi 13 mart kuni Mixalovtse shahrida kelib chiqishi italiyalik bo‘lgan mahalliy tadbirkor Antonin Vadalni qo‘lga oldi. Ta'kidlash joizki, ikki hafta oldin o‘ldirib ketilgan jurnalist Yan Kutsiak Vadalning slovakiyalik siyosatchilar bilan aloqalari haqida maqolalar yozgan.
Politsiya 26 fevralga o‘tar kechasi Bratislava yaqinida joylashgan qishloqdagi uylardan birida Kutsiak va uning qaylig‘i Martina Kushnirovaning otib ketilgan jasadlarini aniqlashgan. OAV ma'lumotlariga ko‘ra, Kutsiak oxirgi vaqtda slovakiyalik siyosatchilarning “Ndrangeta” italyan mafioz guruhi vakillari bilan aloqalarini tergov qilgan.
“Italiya sud idoralari bizga Antonin Vadalni xalqaro uyushgan jinoiy guruh tomonidan sodir etilgan jinoyatlar bilan bog‘liq holda topshirilishi iltimosi bilan murojaat qildi. Uni qo‘lga olish jarayoni maksimal ovoza qilinmasdan amalga oshirildi”, deb aytgan Slovakiya prokuraturasi vakili.
Ta'kidlanishicha, xabarda aytilayotgan jinoyat giyohvand moddalar bilan bog‘langan. Politsiya tomonidan ushbu ish bo‘yicha 17 kishi qo‘lga olingan.
Marhum jurnalist oxirgi 20 yil davomida Slovakiyaning sharqida yashagan Vadal va yana bir necha italiyaliklar haqida maqolalar yozgan. Jumladan, u Vadal bilan biznes yuritishda Slovakiya xavfsizlik kengashi kotibi Viliam Yasan va bosh vazir maslahatchisi Mariya Troshkova hamkorlik qilganlarini ma'lum qilgan. Ularning ikkisi ham bir necha kun avval o‘z lavozimlaridan bo‘shaganlar.
Avvalroq jurnalist o‘ldirilgani haqidagi xabar paydo bo‘lgandan keyin Antonin Vadal va yana 6 nafar italiyalik politsiya tomonidan qo‘lga olingan. Biroq qo‘lga olinganlar ularga qarshi dalillar yetarlimasligi sababli bir kun o‘tgach qo‘yib yuborilganlar.
Mavzuga oid
12:11 / 20.04.2026
9 may oldidan Estoniya Fitso samolyoti uchun havo hududini yopdi
15:47 / 16.03.2026
Slovakiya Rossiyaga qarshi sanksiyalar bo‘yicha blokadasini bekor qildi
12:20 / 28.02.2026
“Drujba” atrofidagi bahs: Zelenskiy Fitsoni Kiyevga taklif qildi
11:05 / 26.02.2026