Jahon | 10:54 / 14.03.2018
10337
1 daqiqa o‘qiladi

Germaniyada MRB yangi rahbarini hibsga olish uchun order berilishi mumkin

Foto: YouTube

Germaniyaning Myunxen shahridagi federal prokurorlar AQSh MRBga 13 mart, seshanba kuni rahbar etib tayinlangan Jina Haspelni hibsga olish uchun order berish bo‘yicha murojaatni ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Law & Crime nashri xabar berdi.

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, hibsga olish uchun order berish Haspelning MRB maxfiy qamoqxonasidagi ehtimoliy faoliyati bilan bog‘liq: avvalroq OAV u mahkamaning Tailanddagi «Mushuk ko‘zi» qamoqxonasida qiynoqqa solishlarni nazorat qilgani haqida xabar bergandi. Bu turmada «Al-Qoida» a'zolari saqlangan.

Xabar berilishicha, konstitutsion huquqlar va inson huquqlari bo‘yicha Yevropa markazi Haspelga qarshi tergov tashabbusi bilan 2017 yilda chiqqan. Ushbu markaz aynan Germaniyada joylashgan. Uning fikriga ko‘ra, MRB yangi rahbari Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa konvensiyasining 3-moddasini («Qiynoqlarni taqiqlash») buzgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid