Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Superliganing yana bir o‘yini boshqa joyga ko‘chirildi
Superliganing 3-turidan o‘rin egallagan «Metallurg» – «Qo‘qon-1912» o‘yini Olmaliqqa ko‘chirildi, deb xabar beradi bekobodliklar sayti.
Bu bellashuv 16 mart kuni Bekobod shahrida o‘tkazilishi lozim edi. Biroq, endi shu kuni Olmaliq shahridagi OKMK sport majmuasida bo‘lib o‘tadi.
«Metallurg» klubi sayti o‘yinning nega boshqa shaharga ko‘chirilgani haqida yozmagan.
Avvalroq, «Qo‘qon-1912» klubi stadioni mavsumga tayyor emasligi sababli, 2-turdan o‘rin olgan «Qo‘qon-1912» - «Qizilqum» o‘yini Navoiyga ko‘chirilgan edi.
Mavzuga oid
21:07 / 13.05.2026
Superliganing eng qimmat futbolchilari reytingi tuzildi
08:38 / 05.05.2026
Superligada jahon chempionati yakuniga qadar tanaffus e’lon qilindi
22:14 / 29.04.2026
Superliga. «Paxtakor» ochko yo‘qotdi, «Neftchi» yana peshqadam bo‘lib oldi
17:43 / 25.04.2026