Jahon | 08:48 / 15.03.2018
8443
1 daqiqa o‘qiladi

Oq uy Britaniyadan rossiyalik diplomatlarning chiqarib yuborilishini olqishladi

Foto: KUN.UZ

Oq uy Britaniya hukumatining rossiyalik 23 nafar diplomatni mamlakatdan chiqarib yuborish bo‘yicha qarorini qo‘llab-quvvatlaydi. Bu haqda AQSh prezidenti ma'muriyati xabarida aytiladi.

Oq uy o‘z bayonotida Rossiyani GRU sobiq polkovnigi Sergey Skripalning zaharlanishida ayblagan London tomonini butunlay qo‘llab-quvvatlashini bildirdi. 

«Biz Buyuk Britaniyaning adolatli javob chorasi sifatida rossiyalik diplomatlarni mamlakatdan chiqarib yuborish to‘g‘risidagi qarorini qo‘llab-quvvatlaymiz», - deyiladi xabarda.

Rossiya esa Skripalning zaharlanishiga aloqador emasligini iddao qilishda davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buyuk Britaniya rossiyalik 23 nafar diplomatni mamlakatdan chiqarib yuborishi xabar berilgandi. Bu haqda bosh vazir Tereza Mey parlamentdagi eshituvlar davomida ma'lum qildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid