Rossiya Buyuk Britaniyaga nisbatan choralar o‘zini kuttirib qo‘ymasligini aytdi
Rossiya tashqi ishlar vazirligi Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Meyning Rossiyani “jazolash” choralari haqidagi so‘zlarini normal davlatlararo muloqotning asoslariga putur yetkazuvchi misli ko‘rilmagan qo‘pol ig‘vo deb baholashini ma'lum qildi.
Rossiya tashqi ishlar vazirligida “Buyuk Britaniya hukumati o‘zining nomaqbul siyosiy maqsadlarida bir qator dushmanona choralarni e'lon qilib, munosabatlarning yanada jiddiyroq keskinlashishiga, jumladan 23 nafar rossiyalik diplomatni Buyuk Britaniyadan chiqarib yubrishgacha borganini” qat'iyan qabul qilib bo‘lmaydigan fakt deb baholanishi ta'kidlab o‘tildi. Buyuk Britaniya hukumatining bu qarori Angliyada Rossiya Bosh razvedka boshqarmasining sobiq zobiti Sergey Skripal va uning qizi zaharlangani sababli qabul qilgan.
“Ayonki, Britaniya hukumati bu hodisani bir tomonlama va noshaffof tergov qilish usullariga borib, navbatdagi marotaba Rossiyaga qarshi kampaniyani avj oldirishga harakat qildi. Albatta, bizning javob choralar o‘zini kuttirib qo‘ymaydi”, deb aytilgan vazirlik xabarida.
Vazirlikda Buyuk Britaniya Rossiya bilan adovatga borishni ma'qul topgani qayd qilib o‘tildi.
14 mart kuni Tereza Mey Skripalning zaharlanishi bilan bog‘liq holda Buyuk Britaniyadan 23 nafar rossiyalik diplomatning chiqarilib yuborilishini e'lon qilgan. Bundan tashqari, Mey London Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovga tashrif taklifini qaytarib olishi, Britaniyaning Rossiyaga futbol bo‘yicha jahon chempionatiga boradigan delegatsiyasi darajasini pasaytirishini qo‘shimcha qilgan.
Buyuk Britaniya Skripalni o‘ldirishga urinishda Moskvani ayblamoqda. Moskvada esa bu ayblov rad etilmoqda va tergov materiallari bilan tanishib chiqilmaguncha ultimatumlarga javob berilmasligi aytilmoqda.
Mavzuga oid
22:25 / 24.11.2024
Finlandiyada omon qolish kurslariga yozilayotgan ayollar soni keskin oshdi
19:21 / 24.11.2024
FT: Rossiya yuzlab yamanliklarni Ukrainaga qarshi urushga yolladi. Ular shartnoma imzolashga majburlanmoqda
18:15 / 24.11.2024
Britaniya qirolining Londondagi qarorgohi ta’mirlash ishlari tufayli uch yilga yopiladi
15:06 / 24.11.2024