Sport | 11:50 / 19.03.2018
12632
3 daqiqa o‘qiladi

Superliga. «Nasaf» peshqadamga aylandi

18 mart kuni Navoiyda Superliganing 3-turi doirasidagi oxirgi uchrashuv «Qizilqum» va «Nasaf» jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Unda mehmonlar 2:1 hisobidagi g‘alabaga erishdi.

O‘yinning 13-daqiqasida Jasur Hasanovning burchak to‘pidan uzatgan pasini qarshiliklar jamoasi hujumchisi Bobur Abduxoliqov boshi bilan darvozaga yo‘llab hisobni ochdi.

67-daqiqada yana o‘sha Jasur Hasanovning jarimadan uzatgan to‘pini Slavko Lukich boshi bilan darvozaga joyladi 0:2.

O‘yinning 70-daqiqasida Andrey Sidorov darvozabon bilan yakkama-yakka chiqib bordi va hisobni qisqartirdi.

O‘yinda boshqa gol urilmadi va «Nasaf» safardan 2:1 hisobidagi g‘alaba bilan qaytadigan bo‘ldi.

Endilikda, 3-tur o‘yinlaridan keyin «Nasaf» 3 o‘yinda 7 ochko to‘plagan holda birinchi o‘rinda, keyingi o‘rinlarda shunchadan ochko jamg‘argan, to‘plar nisbati nisbatan pastroq «Navbahor» va «Bunyodkor» joylashgan. «Qizilqum» esa 3 o‘yinda ham mag‘lubiyatga uchrab, turnir jadvalining oxirgi o‘rnida qolmoqda.

O‘zbekiston Superligasi
3-tur 

«Qizilqum» — «Nasaf» 1:2

Gollar: 0:1 — 13 Bobur Abduxoliqov. 0:2 — 67 Slavko Lukich. 1:2 — 70 Andrey Sidorov
«Qizilqum»: 77. Yevgeniy Cheremisin, 4. Erkin Boydullayev (s), 8. Akmal Rustamov, 10. Alisher Sanoyev (9. Humoyun Abdualimov, 84), 11. Doniyor Usmonov (18. Samandar Shodmonov, 46), 14. Fayzulla Qambarov, 17. Artur Gevorkyan, 21. Muhsin Ubaydullayev, 23. Sherali Jo‘rayev, 30. Elguja Grigalashvili, 84. Nemanya Yovanovich.
«Nasaf»: 35.Sanjar Quvvatov, 4.Maqsud Karimov, 5.G‘olib G‘aybullayev (55.Slavko Lukich, 46), 6.Azizjon G‘aniyev, 7.Odiljon Hamrobekov, 10.Bobir Abduxoliqov, 21.Jahongir Aliyev (27.Islom Rashidxonov, 46), 22.Igor Golban, 31.Saydullo Rahmatov, 77.Jasur Hasanov (20.Islom Kenjaboyev, 76), 92.Umarbek Eshmurodov.
Ogohlantirishlar: Fayzulla Qambarov 50, Slavko Lukich 63, Akmal Rustamov 79.

3-turdan keyin turnir jadvali quyidagicha ko‘rinish oldi:

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid