Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Afg‘onistondagi tinchlik muzokaralarida ishtirok etadi
AQSh Qurolli kuchlari shtablar rahbarlari birlashgan qo‘mitasining raisi general Jozef Danford Kobulga tashrif buyurdi.
Uning boshchiligidagi delegatsiya Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani qabulida bo‘lgan.
Uchrashuv chog‘ida G‘ani rasmiy Kobul «Tolibon» bilan tinchlik yo‘lidagi muzokaralar boshlashga tayyor ekanini ma'lum qilgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, agar tolibonlar Afg‘oniston hukumatining tinch muzokaralar bo‘yicha tashabbusini qo‘llab-quvvatlasa, afg‘on hukumati ularni ta'qib qilmaydi.
«Urush - chora emas», degan Afg‘oniston prezidenti.
O‘z navbatida, Danford xabar qildiki, AQSh Afg‘oniston bo‘yicha strategiyada yangi amaliyotga o‘tadi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, rasmiy Vashington Afg‘onistonning doimiy stratigik hamkori hisoblanadi va mamlakatda terrorizmga qarshi kurashda qo‘llab-quvvatlaydi.
Bundan tashqari, Vashington Afg‘oniston bo‘yicha tinchlik jarayonida ishtirok etadi.