11:10 / 20.03.2018
15973

AQShda «halokatli jazirama» yuz berishi taxmin qilindi

Foto: REUTERS / Jonathan Alcorn

Amerikalik olimlarning xulosasiga ko‘ra, iqlim o‘zgarishi Kaliforniya va AQSh janubi-g‘arbida 2020 yilda jiddiy jazirama haroratga olib keladi. Tadqiqot EurekAlert! portalida e'lon qilingan.

Mayamidagi Dengiz va atmosfera fanlari maktabi olimlarining ta'kidlashicha, dunyoda iqlim o‘zgarishining asosiy sababiga inson faoliyati aylangan.

Ular o‘z tadqiqotlarida 1900-2010 yillar davriga aloqador iqlim modellari va ob-havo ma'lumotlaridan foydalanishdi. Shu asosda XXI asrning oxiriga qadar yozgi davrda ob-havo harorati o‘sishi taxmin qilindi.

Harorat uch va undan ko‘proq kun davomida rekord darajada yuqori ko‘rsatkichlarga erishganida jazirama issiq ob-havo sifatida belgilangan.

Yakunda tadqiqotchilarning xulosasiga ko‘ra, 2030 yilda global isish tufayli Buyuk ko‘llar va Buyuk tekisliklarda (2050 yilga kelib) issiq to‘lqinlar paydo bo‘ladi. Bu jazirama ob-havoni qabul qila olmaydigan kishilar o‘rtasida o‘lim darajasining oshishiga olib kelishi mumkin.

Mavzuga oid
Top