Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Harbiy xizmatga borish uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tayotgan bo‘lajak askarning uyali telefonini o‘g‘irlashdi
Harbiy xizmatga borish uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tayotgan bo‘lajak askarning uyali telefonini o‘g‘irlagan shaxs aniqlandi, deb xabar bermoqda Toshkent viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi.
Qayd etilishicha, 2018 yil 1 mart kuni harbiy xizmatga borish uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tish maqsadida Yuqorichirchiq tuman mudofaa ishlar bo‘limiga kelgan yuqorichirchiqlik 20 yoshli I.Shamshiyev (keltirilgan ism-shariflar o‘zgartirilgan)ning mudofaa ishlari bo‘limi binosi yechinish xonasidagi kiyimlaridan bahosi 1.000.000 so‘m bo‘lgan «Samsung Galaxy J-1» rusumli telefon apparati noma'lum shaxs tomonidan o‘g‘irlangan. Bu haqda I.Shamshiyev 2018 yil 19 mart kuni Yuqorichirchiq tuman IIBga ariza bilan murojaat etgan.
Olib borilgan tezkor chora-tadbirlar davomida ushbu jinoyatni Yuqorichirchiq tumanida yashovchi, 1997 yilda tug‘ilgan, I.Shamshiyev kabi tibbiy ko‘rikdan o‘tish maqsadida mudofaa ishlari bo‘limiga kelgan O.Kim moddiy manfaat ko‘rish maqsadida sodir etganligi aniqlanib, daliliy ashyo sifatida «Samsung Galaxy J-1» rusumli uyali telefon apparati olingan.
Holat yuzasidan Yuqorichirchiq tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
21:47 / 06.04.2026
Harbiy xizmatchilar uchun oliygohga o‘qishga kirib, masofaviy ta’lim olish imkoniyati yaratiladi
19:05 / 31.03.2026
Talaba qizlarga harbiy tayyorgarlikdan o‘tish huquqi kafolatlanishi mumkin
16:50 / 19.01.2026
Chaqiruv qog‘ozlari elektronlashtirilishi mumkin: nizom loyihasi
18:25 / 13.01.2026