Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bojxonachilar mahsulotlarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yishdi
Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari boshqa huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlari bilan hamkorlikda «Uch qahramon» YPX posti yaqinida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida 1989 yilda tug‘ilgan fuqaro F.Ye boshqaruvidagi «Gaz» rusumli yuk avtoulovini xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirishganda, mazkur yuk mashinasi yukxonasida 1995 yilda tug‘ilgan fuqaro Yo.Q tomonidan jami narxi 33,6 mln. so‘mlik 14 dona turli rusumdagi muzlatkichlar noqonuniy ravishda olib ketilayotgani aniqlandi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi Axborot xizmati xabar bergan.
M. ismli ayolning ko‘rsatmasiga asosan olib ketilayotgan ushbu mahsulotlar xorijiy mamlakatlarda ishlab chiqarilgan bo‘lib, ushbu maishiy texnikalar «G‘ishtko‘prik» chegara bojxona kompleksi orqali tashmachilar ko‘magidan foydalangan holda O‘zbekiston hududida qayta sotish maqsadida olib kirilgani ma'lum bo‘ldi.

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari shunga o‘xshash yana bir holatda 1992 yilda tug‘ilgan fuqaro B.A boshqaruvidagi «Isuzu» rusumli yuk avtoulovini «Uch Qahramon» YPX maskaniga qarab harakatlanib ketayotgan vaqtida to‘xtatib, xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirishganda, 1992 yilda tug‘ilgan fuqaro O.T. tomonidan mazkur yuk mashinasi yukxonasida uning A. ismli tanishining ko‘rsatmasi bo‘yicha olib ketilayotgan, xorijiy mamlakatlarda ishlab chiqarilgan jami narxi 53 040 000 so‘mlik 1326 dona (6630 litr) «Sergiyevskoye» nomli o‘simlik yog‘i borligi aniqlandi.


Hozirda ushbu holatlar yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Mavzuga oid
15:36 / 15.12.2025
Davriy bojxona to‘lovlari uchun grafik rasmiylashtirish qoidalari e’lon qilindi
08:40 / 01.12.2025
Kurerlik jo‘natmalari orqali yuborilgan 1 kgga yaqin “gashish” fosh qilindi
10:49 / 26.11.2025
Eksport tovarlari bojxona qiymatini rasmiylashtirish bo‘yicha alohida tartib joriy etildi
10:29 / 26.11.2025