Jahon | 09:13 / 21.03.2018
4775
1 daqiqa o‘qiladi

Janub, Shimol va AQSh. Mun Chje In uch tomonlama sammit haqida gapira boshladi

Foto: AP

Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje Inning ma'lum qilishicha, Seulning KXDR va AQSh bilan muzokaralar yakuni bo‘yicha uch tomonlama sammiti o‘tkazilish ehtimoli bor. Bu haqda «Ryonxap» agentligi xabar bermoqda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Janubiy Koreyaning KXDR bilan muzokaralaridan so‘ng Shimoliy Koreya hamda AQSh sammiti o‘tkazilishi – bu tarixiy voqea bo‘ladi.

«Hamda natijalardan (sammitlarning - tah.) kelib chiqqan holda, ular Janub, Shimol va AQShning uch tomonlama sammitiga olib kelishi mumkin», - deya ma'lum qildi Mun Chje In.

Uning bildirishicha, tomonlar kelayotgan va rejalashtirilayotgan muzokaralar davomida Koreya yarim orolini yadro qurolidan xoli hududga aylantirish hamda tinchlikni o‘rnatish muammosini butunlay hal qilishi lozim.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid