Jamiyat | 21:40 / 22.03.2018
126378
2 daqiqa o‘qiladi

Endi fohishaxonaga borgan shaxs ham jazolanishi mumkin

O‘zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi bo‘yicha fohishaxonaga jinsiy ehtiyojini qondirish maqsadida borgan shaxsga jazo belgilanishi mumkin. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi normativ huquqiy hujjatlarining muhokamasi portaliga joylashtirilgan loyihada shunday deyiladi.

Ma'lum qilinishicha, O‘zbekiston Respublikasi MJtK 191(1) moddasi bilan to‘ldirilib, jinsiy ehtiyojini qondirish maqsadida fohishaxonaga borgan shaxsga jazo tayinlanishi taklif etilmoqda. Qonunchilikka taklif etilgan o‘zgartirish joriy yilning 2 aprel kuniga qadar jamoatchilik muhokamasida bo‘lib, shundan so‘ng, O‘zbekiston Respublikasi Senati tomonidan ko‘rib chiqiladi.

Kodeksga kiritilayotgan taklif inobatga olinsa, joriy yilning 1 may kunidan boshlab, fohishaxonaga jinsiy ehtiyojini qondirish maqsadida borgan kishi EKIH 1 baravarida jarimaga tortilishi mumkin.

Ma'lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi MJtK 190-moddasiga ko‘ra, fohishalik bilan shug‘ullangan kishiga nisbatan ham jazo tayinlanishi ko‘rsatib o‘tilgan.

Алишер Рузиохунов
Tayyorlagan Алишер Рузиохунов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid