Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Slovakiyada jurnalist o‘limidan keyin iste'fo bergan bosh vazir o‘rniga yangi hukumat rahbari tayinlandi
Slovakiyaning yangi hukumatini sotsial-demokratlar vakili boshqaradi. Hukumatda Madaniyat vaziri, Adliya vaziri va Sog‘liqni saqlash vaziri o‘zgargan.
Slovakiya prezidenti Andrey Kiska Peter Pellegrinini bosh vazir etib tayinlagan.
Slovakiyaning oldingi bosh vaziri Robert Fitso 15 mart kuni fevral oyi oxirida o‘ldirilgan jurnalist o‘limi ortidan boshlangan norozilik namoyishlari fonida iste'foga chiqishga majbur bo‘lgandi.
Aktuality tarqatgan xabarga ko‘ra, Pellegrini bugun qasamyod qildi va Kiska uni bosh vazir etib tayinladi.
Yangi hukumat bugun ilk yig‘ilishini o‘tkazadi, unda yangi bosh vazirning dasturi qabul qilinadi. Bir oy ichida hukumat parlament ishonchini qo‘lga kiritishi lozim bo‘ladi.
Pellegrini bungacha bosh vazirning investitsiyalar va axborotlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, undan avvalroq esa 2 yil davomida parlament spikeri lavozimini egallagan.
26 fevralga o‘tar kechasi politsiya Bratislava yaqinida joylashgan qishloqdagi uylardan birida jurnalist Yan Kutsiak va uning qaylig‘i Martina Kushnirovaning otib ketilgan jasadlarini topgandi. OAV ma'lumotlariga ko‘ra, Kutsiak oxirgi vaqtda slovakiyalik siyosatchilarning «Ndrangeta» nomli italyan mafioz guruhi vakillari bilan aloqalarini o‘rganayotgandi.
27 fevralda butun mamlakat bo‘ylab jurnalist xotirasiga katta ko‘lamli aksiyalar boshlandi va ular Vazirlar Mahkamasi iste'fosi talab qilingan norozilik namoyishlariga aylanib ketdi.
Mavzuga oid
12:11 / 20.04.2026
9 may oldidan Estoniya Fitso samolyoti uchun havo hududini yopdi
15:47 / 16.03.2026
Slovakiya Rossiyaga qarshi sanksiyalar bo‘yicha blokadasini bekor qildi
12:20 / 28.02.2026
“Drujba” atrofidagi bahs: Zelenskiy Fitsoni Kiyevga taklif qildi
11:05 / 26.02.2026