Xususiy mulk egasining vafotidan keyin undan qolgan mol-mulk taqdirini belgilaş, uni kimning egaligiga beriş masalasiga ötgan barça davrda hal qilinişi lozim bölgan muhim masala sifatida qaralib, turli yöllar bilan hal qilib kelingan, deb xabar bermoqda Özbekiston Respublikasi Oliy sudi matbuot xizmati
Qadimda birgina yer uçastkasi, uy-joy, rözğor buyumlari, iş quroli va çorva mollariga nisbatan xususiy mulkçilik mavjud bölib, şaxsning vafotidan keyin uşbu mol-mulklar urf-odat böyiça marhumning farzandlari egaligiga ötgan. Şuningdek, ayrim majburiyat huquqlari, masalan marhum hayotligida olgan qarzini qaytarişni ham farzandlar zimmasiga qöyilgan.
Bundan taşqari, qadimda marhumning mulki taqdiri, xususan meros masalasi asosan şariat qoidalariga köra hal qilingan.
Jumladan, musulmon huquqida ölgan şaxsning mol-mulki şariat qoidalari yoki vasiyat böyiça meros bölib ötişi, meros oçilgan paytda tirik bölgan barça qarindoşlar merosxör hisoblanişi hamda har bir merosxörning öz hissasiga ega ekanligi nazarda tutilgan.
Şariat qoidalarida, xususan Qur'onda merosga doir masalalar ham yoritilgan bölib, unga köra marhum qarindoşlarining barçasi birgalikda emas, balki ular marhumga qarindoşligining uzoq-yaqinligi hisobga olingan holda navbati bilan meros olişga çaqirilgan. Marhumning farzandlari va uning avlodi eng yaqin qarindoşlar hisoblanib, ota-onasi vafot etgan holdagina nabiralar bobosining mulkiga nisbatan merosxör hisoblangan. Marhumning farzandlari bölmagan taqdirdagina ota-onalar öz farzandining mulkidan meros oliş uçun çaqirilgan.
Marhumning farzandlari va ota-onasi bölmagan taqdirda uning meros mulki yaqin qarindoşlari örtasida taqsimlangan bölib, musulmon huquqida qarindoşlar tört toifaga bölingan. Marhumning vorislari bölmagan va u tomonidan vasiyatnoma qoldirilmagan taqdirda marhumning mulki xazinaga topşirilib, davlat egaligiga ötkazilgan.
Sobiq Ittifoq davrida amalda bölgan qonunçiligida meros mulki masalasida bir qator normalar mavjud bölsada, öşa davr jamiyatining iqtisodiy negizini davlat mulki taşkil etganligi, fuqarolar amalda arzirli xususiy mulkka ega bölmaganligi sababli uşbu qonun normalariga kamdan-kam murojaat qilinar va uni örganiş, şarhlaş hamda takomillaştirib borişga u qadar zaruriyat mavjud emas edi.
Mulkçilikning hamma şakllari teng huquqli ekanligi Boş Qomusimiz bölgan Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida kafolatlanganligi, mulkçilik töğrisidagi, yer töğrisidagi, uy-joy fondini, mulkni davlat tasarrufidan çiqariş va xususiylaştiriş töğrisidagi bir qator qonunlarning qabul qilinişi, şuningdek, bosqiçma-bosqiç amalga oşirilgan iqtisodiy islohotlar, bozor munosabatlarining rivojlanişi, kiçik va örta tadbirkorlik faoliyatining qöllab-quvvatlanişi natijasida qisqa vaqt içida fuqarolarimiz turli köçmas va köçar mulklar, xususan uy-joy va noturar-joy binolari-oşxona, mehmonxona, savdo dökonlari, korxonalar va turli transport vositalari, aksiyalar va boşqa qimmatli qoğozlar, yer uçastkalari, fermer xöjaliklari hamda çorva mollari va boşqa turdagi qonun bilan taqiqlanmagan mulklarning egasiga aylandi.












