Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy AQShning harbiy mashqlaridan tashvishga tushdi
Xitoy Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Xua Chuninning ma'lum qilishicha, XXR tomoni Qo‘shma Shtatlarni AQSh harbiy-dengiz kuchlarining USS Mustin esminetsi Janubi-Xitoy dengizida joylashgan bahsli orollar yaqinidagi suvlarga kirgani tufayli yuzaga kelayotgan provokatsion harakatlarni to‘xtatishga chaqirdi. Bu haqda RIA «Novosti» TIV bayonotiga asosan xabar bermoqda.
«Xitoy tomoni AQShni Xitoy suverenitetini buzayotgan va bizning xavfsizligimizga tahdid uyg‘otayotgan provokatsion amaliyotlarni darhol to‘xtatishga qat'iy chaqiradi», - deyiladi bayonotda.
Diplomatning ta'kidlashicha, Xitoy AQShni mintaqaviy davlatlarning Janubi-Xitoy dengizida barqaror vaziyatni saqlab turishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha sa'y-harakatlariga hurmat bilan qarashga chaqiradi.
«Ayni damda Janubi-Xitoy dengizidagi vaziyat yaxshilanishda davom etyapti, bu Xitoy va ASeAN davlatlari sa'y-harakatlari tufayli yuz bermoqda. AQSh esa Janubi-Xitoy dengizida atayin muammolar hamda keskinlikni yuzaga keltirmoqda, bu hududda tinchlik va barqarorlikka raxna solmoqda, bu mintaqa mamlakatlari xohishiga qarshidir, ular barqarorlik, hamkorlik hamda rivojlanishga umid qilmoqda», - deya ta'kidlab o‘tdi Xua Chunin.
Mavzuga oid
23:54 / 05.07.2026
Tramp Anqarada Zelenskiy bilan uchrashishi mumkin
23:22 / 05.07.2026
Oq uy FIFAdan Balogunning diskvalifikatsiyasini bekor qilishni so‘radi – OAV
12:48 / 05.07.2026
AQSh mustaqilligining 250 yilligini dabdaba va mushakbozlik bilan nishonladi (fotoreportaj)
05:49 / 05.07.2026