Jahon | 21:00 / 25.03.2018
9469
1 daqiqa o‘qiladi

Kataloniyaning sobiq yetakchisi Karles Puchdemon Germaniyada ushlandi

Foto:Reuters\Lehtikuva Lehtikuva

Kataloniyaning sobiq yetakchisi Karles Puchdemon nemis politsiyasi tomonidan Germaniyaning Shlezvig-Golshteyn yerida Daniya bilan chegarani kesib o‘tishi vaqtida ushlandi. Bu haqda El Pais nashri xabar bermoqda

Puchdemon uning ushlanishi uchun Ispaniya tomonidan berilgan yevroorderga ko‘ra o‘z mashinasida to‘xtatilgan. Puchdemonning advokati aytishicha, ayni vaqtda nemis politsiyasi zaruriy tekshiruvlarni o‘tkazmoqda. Puchdemon Gamburgga, u yerdan esa Belgiyaga bormoqchi bo‘lgan.

Puchdemonga Ispaniyada Kataloniyaning mustaqilligi bo‘yicha noqonuniy referendum tashkillashtirish aybi bo‘yicha 25 yilgacha qamoq jazosi berilishi mumkin.

23 mart kuni Ispaniya oliy sudi Puchdemon va uning 4 safdoshini hibsga olishga order bergan. Bu vaqtda Puchdemon Finlyandiyada bo‘lgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid