«Farzand doği heç bir ota-onani kuydirmasin». Şu jumlalar bilan söz boşlagan namanganlik Gulçehra aya bilan suhbatimiz deyarli 3 soat davom etdi. U tört yil avval bedarak yöqolgan qizi haqida KUN.UZ muxbiriga sözlab berdi.
Yoş qizining eşikdan kirib kelişini kutib tolgan közlarda köp dard yaşamoqda. Buni bir qaraşda anglaş ham qiyin emas. 31 mart kuni Gulçehra Mamasoliyevaning kenja qizi, 1991 yilda tuğilgan Nazira Holmatovaning uydan çiqib ketganiga roppa-rosa 4 yil töladi. Gulçehra aya bu kunni juda yaxşi eslaydi.
- Qizim hayotga çanqoq, tirişqoq edi. Naziraning bu harakatlarini körib, farmatsevtika böyiça kasb-hunar kollejida ta'lim olişiga imkoniyat yaratib berdim. Otasi vafot etgan, yonida suyançiği qolmagan qizaloğim öqişni tamomlagaç, işga tuşdi. Pop tumani markaziga yaqin joylaşgan dorixonada iş boşladi. Nazira bir kun u işlayotgan dorixonaning qarşisida yangi va barça talablarga javob beradigan dorixona oçilganini aytib qoldi. Men ruxsat berdim, u iş joyini özgartirdi, - deb Gulçehra aya Naziraning suratlarini körsatdi.
Yoşdan qizarib, ammo qurib qolgan közlar ma'yus tortib, lablar titradi. «Barçasiga aybdorman, qiz bolani işlaşga qöydim. Uni himoya qilib ololmadim», deydi ona şörlik.
- Murod ismli tadbirkorga tegişli dorixonada iş boşlagaç, Naziraning soğliği yomonlaşa boşladi. Gap şundaki, u keçki smenada ham mehnat qildi, ayrim paytlari örindoşlari işga çiqmasa ham Nazira işlaşga majbur böldi. Surunkali işlab yurgan Naziram birdan betob bölib, yotib qoldi. Şifoxonada davolanib çiqqaç, Murodga tuşuntirdim: «Nazira işlamay tursin, yoş qizning kuçi yetmayapti», dedim. U hammasini tuşungan kişi bölib, rozi ham böldi -, deb voqeani davom ettirdi Mamasoliyeva.
Ma'lum qilinişiça, Nazira haqiqatan, oilaviy poliklinikada bir muddat davolanib çiqqan. U tez-tez boş oğriği, holsizlikdan şikoyat qilavergan.
- Murod bizning oiladan tovar aylantiriş uçun jamğarib qöygan 800 dollarimizni qarzga olib ketgandi. Nazira ana şu pulni yaxşilikça qaytarsin, keyin işdan böşayman, deb reja tuzdi. Aksiga olib, Murod qizimning böyniga katta qarzdorlikni qöyib, kirim-çiqim xatlarini qayta hisoblaş zarurligini aytgan. Balki qizimda ayb bölgandir, ammo öşa işbilarmonning qörqitişi va tahdididan söng, Nazira uyga şoşib keldida, bir dam ötişi bilan köçaga çiqib kelay, deb söradi. Yuragim nimanidir sezdi: xonaga kirsam, qizim xat taşlab ketibdi, - deb KUN.UZ muxbiriga xatni tutqazdi.
Nazira bedarak yöqolişidan avval, xonada qoldirib ketgan xatda u bu işidan qattiq afsusda ekanini bildirgan.
«Ayajon, meni keçiring. Men sizni juda yaxşi köraman. Menga tuhmat qilişyapti, buni kötarolmayman. Öğri dedi, men öğri emasman. Özizni ehtiyot qiling. Telefonimni ham olib qöydi, 8ta qoğozni (800 dollar - tahr.) ham qaytarmadi. Mayli, Xudoga soldim. Hammasiga Murod aybdor», degan mazmundagi xabar qoldirilgandi xatda.












