Namangan viloyati sudi raisi örinbosari – fuqarolik işlari böyiça sudlov hay’ati raisi Abdurahmon Safayev mehnat ta’tilidan qaytib, iş faoliyatini davom ettirmoqda. Buni Kun.uz manbasi tasdiqladi.

Abdurahmon Safayev Namangan şahri Alişer Navoiy köçasida joylaşgan köpqavatli uylardan biridagi özganing egaligida bölgan xonadonni soxta hujjatlar bilan öz nomiga rasmiylaştirib, boşqa bir odamga sotib yuborgani aytilgandi. Sudyalar Oliy kengaşi matbuot kotibi Tursunali Akbarov Kun.uz söroviga javoban Abdurahmon Safayevga nisbatan xizmat tekşiruvi ötkazilganini bildirgan.

“Namangan viloyat sudi raisining örinbosari – fuqarolik işlari böyiça sudlov hay’ati raisi A.Safayevning xatti-harakatlari yuzasidan xizmat tekşiruvi ötkazildi. Xizmat tekşiruvi xulosasi muhokama qilinib, tegişli qaror qabul qiliş uçun Sudyalar oliy malaka hay’atiga yuborilgan”, deyiladi kengaş izohida.
Xizmat tekşiruvida şikoyatçining vajlari tasdiğini topgani yoki topmagani, sud raisi örinbosari aynan qanday hujjatlarni soxtalaştirgani hamda bu işga yana kimlar aralaşgani hozirça ma’lum emas. Negaki, xizmat tekşiruvi xulosasi ham Safayev mehnat ta’tiliga çiqib ketgani bois muhokama qilinmay qolgandi.
Kun.uz Sudyalar oliy malaka hay’ati Abdurahmon Safayevga nisbatan xizmat tekşiruvi natijasi böyiça qanday qaror qabul qilganini aniqlaştiriş maqsadida Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov bilan boğlandi. Biroq mahkama matbuot kotibi tahririyat sörovini javobsiz qoldirdi.
Kun.uz Abdurahmon Safayev tomonidan soxta hujjatlar asosida öz nomiga ötkazilib, sotib yuborilgani aytilgan uyning haqiqiy egasi bilan ham suhbatlaşgandi.
“Bu ehtiyojimizdan ortiqça bölgan uy edi. Doimiy yaşamasak-da, yölimiz tuşganida bir kun-yarim kun turib ketardik. Usta tuşirib, ta’mirlayotgandik, boşqa odam “dokument” kötarib keldi. Şunda bilib qoldik. Uşbu işga aralaşgan insonlarning hammasi javobgarlikka tortilyapti








