26 noyabr kuni Pop tumani Kaltabozor köçasida harakatlanib ketayotgan JAC pikapida yonğin sodir böldi. Holat böyiça viloyat Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi rasmiy munosabat bildirdi.
Ma’lum bölişiça, soat 10:48 da maşinada yonğin çiqqani haqida tuman FVBga xabar kelib tuşgan. Öt öçiruvçilar 10 daqiqada yonğin joyiga yetib borib, 5 daqiqada uni bartaraf qilgan.
Yonğin natijasida avtomobil töliq yonib ketgan. Haydovçi va avtomobilga tegişli bölgan xujjatlar ham yonib zararlangan.
Ta’kidlanişiça, yonğindan heç kim jarohatlanmagan. Hozirda tergovga qadar suriştiruv işlari olib borilmoqda.
















