Sport | 17:36 / 26.03.2018
6279
1 daqiqa o‘qiladi

Ertaga O‘zbekiston kubogiga qur'a tashlanadi - ikkinchi marta!

Foto: pfl.uz

27 mart kuni O‘zbekiston kubogi musobaqasiga qur'a tashlash marosimi o‘tkaziladi. Ikkinchi marta!

Fevral oyida kubok bahslarining formati tasdiqlanib, unga qur'a tashlash marosimi o‘tkazilgan edi. Biroq, O‘FA formatni o‘zgartirishga qaror qildi.

Yangi format bo‘yicha kubok bahslari yarimfinal bosqichigacha bitta o‘yindan iborat bo‘ladi va jamoalar hech qanday savatchalarga ajratilmaydi.

Bahslarning o‘tkazilish sanalari quyidagicha belgilangan:
O‘zbekiston Kubogi. 

1/16 final. 15-16 aprel
1/8 final. 29-30 may
1/4 final. 12-13 iyul
1/2 final. Dastlabki o‘yinlar.  22-23 iyul
1/2 final. Javob o‘yinlari. 8-9 avgust

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid