Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ispaniya Karles Puchdemonni hibsga olishga order berdi
Kataloniyaning sobiq rahbari Karles Puchdemon ishini ko‘rayotgan Shlezvig nemis shahri prokuraturasi Ispaniyadan Puchdemonning hibsga olinishiga order oldi.
“Biz Ispaniya idoralaridan uning hibsga olinishiga order oldik, bizda shuningdek Yevropa orderi ham bor”, deb aytgan prokuratura vakili. Uning aytishicha, bugun, 26 martda Puchdemonning hibsga olinishi bo‘yicha qaror chiqariladi.
Prokuratura vakilining aytishicha, Puchdemonning Ispaniyaga ekstraditsiya qilinishi qarori joriy yilda katoliklar va protestantlarda 1 aprelga to‘g‘ri kelayotgan Pasxa bayramidan keyin qabul qilinadi. Shundan keyingina Puchdemoning Ispaniyaga topshirilishi imkoni ko‘rib chiqiladi. Vakilning ta'kidlashicha, ekstraditsiya ishini ko‘rib chiqishga 60 kungacha vaqt ketishi mumkin.
Puchdemon 25 mart kuni Germaniyada Finlyandiyadan Belgiyaga qaytayotganda qo‘lga olingandi.
Mavzuga oid
19:38 / 22.06.2026
Yamal gol urdi va sajda qildi, Portugaliyada «Dallas seriali boshlandi»
15:15 / 16.06.2026
Afrikacha master-klass: Kabo-Verdedan nimalarni o‘rganish kerak?
09:01 / 25.05.2026
Ispaniyada uy-joy inqirozi: ijarachilar ko‘chalarga chiqdi
00:04 / 20.05.2026