Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kreml AQShdan rossiyalik diplomatlar chiqarib yuborilishi ehtimoliga izoh berdi
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning ma'lum qilishicha, AQSh tomonidan rossiyalik diplomatlar mamlakatdan chiqarib yuborilishi bo‘yicha rasmiy bayonotlar hozircha berilmadi. Bu haqda Gazeta.ru xabar qilmoqda.
«Biz OAV xabarlaridan kelib chiqib ish ko‘rmaymiz. Vashingtondan bizning diplomatlar chiqarib yuborilishi bo‘yicha qandaydir rasmiy bayonotlarni eshitmadik va ko‘rmadik. OAV xabarlari bilan emas, balki rasmiy shaxslar bayonoti va vaziyatdan kelib chiqib ish ko‘ramiz», - deya aytib o‘tdi Peskov.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Rossiya tomoni shunday vaziyat yuz bergan taqdirda javob choralarini ko‘rishga tayyor.
Mavzuga oid
09:20
Rossiya Ukraina poytaxtiga hujum qildi
23:54 / 05.07.2026
Tramp Anqarada Zelenskiy bilan uchrashishi mumkin
23:22 / 05.07.2026
Oq uy FIFAdan Balogunning diskvalifikatsiyasini bekor qilishni so‘radi – OAV
12:48 / 05.07.2026