Jamiyat | 20:22 / 28.03.2018
11331
3 daqiqa o‘qiladi
Reklama

RC Cola xushta'm gastrollari

Foto: RC Cola

Navro‘zga bag‘ishlangan sayrlar nihoyasiga yetdi, tanlovlar, sovrinli o‘yinlar va bepul sumalak kabi yoqimli bonuslar ortda qoldi. Reklama namunalarini yoqtiruvchilar RC Coladan degustatsiya (tatib ko‘rish) aksiyasida ishtirok etib, bayramona kayfiyatni davom ettirishlari mumkin. Bu gal, RC Cola kompaniyasi poytaxtdan tashqariga chiqishni va degustatsiya sayilini viloyatlar bo‘ylab o‘tkazishga qaror qildi. 22 martdan 2 aprelgacha bo‘lgan davr oralig‘ida RC Cola barcha istaganlarni klassik amerikacha kola ta'mini baholashga taklif etadi.   Degustatsiya to‘lqini butun respublika bo‘ylab yoyiladi va O‘zbekistonning 19 ta shahri aholisi Amerikaning eng ommabop ichimligi haqiqiy ta'mi bilan tanishish imkoniga ega bo‘lishadi. 

Foto: RC Cola 
Foto: RC Cola 

Yuksak o‘tkazuvchanlikka ega joy va hududlar, ya'ni shaharlarning yirik bozorlari va supermarketlari aksiyalarni o‘tkazish joylariga aylanadi. Ichimlik to‘ldirilgan 100-grammlik brendli stakan salohiyatli xaridorga, peshtaxta oldida turib o‘ziga beradigan quyidagi savollarga javob topishida yordam berishi lozim:

  1. RC Cola menga yoqadimi?
  2. RC Cola ta'mi unga o‘xshash boshqa gazli ichimliklar ta'midan nima bilan farq qiladi?
  3. RC Cola ni uyda ichish uchun sotib olsa arziydimi?

Degustatsiya vaqtida ushbu ko‘lamli promo-aksiyani butun respublika bo‘ylab tatbiq etayotgan "Anor Mali Promotion»  tadbirlar uyushtirish agentligining xushmuomala xodimlari RC Cola brendi haqida, kompaniyaning ko‘p yillik tarixi va uning O‘zbekiston bozoriga chiqishi to‘g‘risida hikoya qilib berishadi. Aholi xushta'm gazli ichimlikni tatibgina qolmay, brendli kiyimdagi xodima-qizlar bilan birgalikda esdalik uchun suratga tushishi ham mumkin.

Foto: RC Cola 
Foto: RC Cola 

Degustatsiya hozirgacha Namangan, Andijon, Samarqand, Guliston, Jizzax, Urganch va Buxoro shaharlarida bo‘lib o‘tdi. Yaqin kunlar ichida promouterlar jamoasi Farg‘ona, Qo‘qon, Nukus, Urgut, Shahrisabz, Qarshi, Termiz va mamlakatimizning boshqa shaharlariga jo‘nab ketishadi. 

Qiziqarli fakt: 4 kunlik dastlabki promo-aksiyalar vaqtida 7 ta shaharda 3 148 litr RC Cola ichildi va 32 mingdan ziyod kishi degustatsiya ishtirokchisiga aylandi.

RC Cola promo-stendini o‘z shahringizning eng gavjum joyidan izlang va haqiqiy amerikacha kolani tatib ko‘rishga ulgurib qoling!

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid