Namunali kottejlarning «hal bölmas» muammolari haqida
|20:10 / 30.03.201868 2798 min
Kun.uz tahririyatiga Namangan şahridan murojaat kelib tuşdi. Arznomani joyiga borib örganib, aholi vakillari bilan uçraşiş maqsadida yölga tuşdik.
2012 yili Namangan şahridagi Örta Rovuston mahallasida 120ta namunali tipdagi kottej qurib bitkazilib, unga şartnoma asosida boşlanğiç tölovni topşirgan xonadon sohiblari köçib ötadi.
Bugungi maqolada ana şu kottejlar massivida yiğilib qolgan dolzarb muammolardan ikkitasiga töxtalamiz.
Avariya holatidagi kottejlar böyiça murojaatni hal qildigan taşkilot yöq...
Ma'lumki, aholi yaşaşi uçun namunali kottejlari qurilişidan oldin yerning strukturasi, meliorativ holati arxitektura va boşqa qurilişga sohasidagi taşkilotlar tomonidan çuqur örganib çiqiladi. Bizning «qahramonlarimiz» istiqomat qilayotgan massivni bunyod etgan binokorlar bu jihatlarga köp ham e'tibor bermagan körinadi. Qad rostlaganiga ikki yil ötmay, massivning temir yölga yaqin hududidagi kottejlarning devorlarida yoriqlar paydo böla boşlagan.
Ayni paytda esa bu yoriqlar qörqinçli holatga keldi. 4-5-8 santimetrli yoriqlardan narigi xonani bemalol köriş ham mumkin. Binolar yer osti sizot suvidan çöka boşlabdi.
Sababi, kottejlarga yaqin joydan çiqayotgan drenaj quduğidan paydo bölgan zaxob suvlarining ta'siri edi. Yana murojaatlar. Yana qoğozbozlik. Oxir-oqibat - harakatlar besamarligi.
Uşbu zaxob suv 400 metr çuqurlikdan quvur orqali çiqarilgan bölib, oqib ketar ariği yöq. Barça çiqayotgan suv kottejlar tagiga sizib oqib yotibdi.
Mavzuga oid
Aholi arziga mutasaddi taşkilotlar tomonidan berilgan javobdan parça keltiramiz:
«Hududga kottej qurilişidan bir neça yillar avval, nomini aniqlaşning imkoni bölmagan firma tomonidan mebel işlab çiqarişni yölga qöyiş maqsadida, yer ostidan suv çiqariş uçun, 400 metr çuqurlikdan diametri 320 mm. bölgan quvur örnatilgan. Yillar davomida örnatilgan quvurlar çirişi oqibatida yer ostidan çiqayotgan suv quvurdan çiqib, aholi yaşaydigan kottejlarga şikast yetkazayotgani aniqlandi. Kottejlar qurilişida buyurtmaçi taşkilot tomonidan masalaga e'tibor qaratilmagan.
Hududda yer osti zaxob suvlarini qoçiriş uçun tik drenaj quduği va drenaj kollektorlari mavjud emas. Yuzaga kelgan muammoni bartaraf etiş uçun örnatilgan quvurni oldirib taşlaş va 1,5 km masofaga zakan ariq kavlaş tavsiya etiladi.
Boşqarma tomonidan yuqorida belgilangan vazifalarni bajariş uçun maxsus texnika va böş mablağlar yöqligi sababli, mazkur masalani hal etiş kottej qurilişi böyiça buyurtmaçi taşkilotga yönaltirişni söraymiz».
Mutasaddi taşkilotlar ana şunday javob bilan aholini sarson qilyapti, xolos. Javob bir xil: «Bu quduq heç qaysi taşkilotga tegişli emas!». Namangan arxitektura va gidrobiologiya taşkiloti ham kelib körib ketgan. Biroq, iş hal bölmagan.
Öşa quvur öşanday turibdi. Suv katta hajmda oqqaniça, uylar ostiga töplanib, binolarni yemirişga tuşgan. Kottejlar egalarining dodini eşitadigan mutasaddi yöq. Massivdagi xonadonlar avariya holatidagi uylarda yaşamoqda.
Turar joy kompleksimi yoki sanoat hududi?...
Massiv istiqomat qiliş uçun juda qulay hududga joylaşgan. Bu yerdan kottej sotib olganlarga turar joylar namunali bölişi, xususan, mahalla guzari, bolalar maydonçasi, medpunkt singari barça infratuzilmalar qurilişi va'da qilingan bölib, aynan öşa obektlar massivning boş rejasida borligi körsatilgan.
Lekin, yillar ötib borişi bilan oz emas 120ta namunali kottej joylaşgan hudud atrofiga rejadagi bolalar maydonçasi, oziq-ovqat dökoni, yopiq sportzal yoki birorta maişiy xizmat obekti qurilmadi. Boz ustiga şahar hokimligi tomonidan guzar qurilişi kerak bölgan maydonlar sanoat, işlab çiqariş korxonalariga berila boşlandi.
Hozir massiv atrofini işlab çiqariş obektlari örab olgan. Ayni paytda massiv atrofida sovutgiç ehtiyot qismlari işlab çiqaruvçi korxona, issiqxona kompleksi va arqon işlab çiqaruvçi sex faoliyat olib bormoqda.
Namunali kottejlarga asosan yoş oilalar köçib çiqqan. Har bir oilada uç-tört nafardan yoş bola bor. Infratuzilmalardan umidini uzgan aholi bolalar maydonçasi yöqligi sabab, bir yoqadan boş çiqarib, massiv yonidagi taşlandiq, qamiş va çiqindilar bilan tölgan joyni haşar yöli bilan obodonlaştirişga kirişdi.
Maydonça atrofi epaqaga keltirilib, arçalar ekildi. Biroq, bolalar maydonçasi bitmay maydonçaning «ega»si çiqdi. Bir kunda ekilgan arçalar yulib taşlanib, örnida turar joy binosi qad kötara boşladi.
Qurilişni boşlagan Muhammadjon Alişerovdan yerga egalik huquqini beruvçi tegişli hujjatlarni söradik. Şahar hokimligi zaxirasida turuvçi yer maydonini turar joy qurişga beriş uçun hokimning Qarori yoki zaxiradagi yer maydonining auksionda sotib olingani haqida hujjat bölişi zarur. Avvaliga «Kutib turinglar, men hozir hujjatlarni olib çiqaman», degan Alişerov, bir soatlardan söng hujjatlarni heç qanday guvohlarsiz öz xonadoni içkarisida körsatişini aytdi. Qisqasi, bolalar maydonçasi örnida qurilişni boşlagan inson bizga heç qanday hujjatlarni taqdim eta olmadi.
Qarangki, kottejlar massiviga Namangan şahar uy-joy bölimi, sektor mutaxassisi Rahmatillo Abdulhamidov kelib qoldi. Biz mutasaddiga: «M.Alişerov tomonidan yaşaş uçun uy qonuniy qurilyaptimi?», degan savolni berdik. Hokimlik vakili: «Örganib çiqamiz. Natijasini aholiga yetkazamiz», deya javob qaytardi.
Aholi vakillari maişiy xizmat obektlari örniga sanoat korxonalari qurilayotgani haqidagi mavjud muammolar böyiça Namangan şahar hokimligi, prokuraturasi va boşqa mutasaddi taşkilotlarga köp bora murojaat qilgan bölsada, heç qanday samara bölmabdi.
«Hayron bölyapmiz. 2012 yili qurilgan kottejlarimizda heç qanday infratuzilma obektlari yöq. Ular uçun ajratilgan joylarda ikkita işlab çiqariş korxonasi, issiqxona faoliyat olib bormoqda. Zaxob suv yaşaş uylarimizni avariya holatiga keltirdi. Dardimizni aytmagan mutasaddi taşkilot qolmadi. Maişiy xizmat şoxobçalarini qöying, bolalar uçun maydonçasi taşkil etayotgan böş turgan joyni noqonuniy ravişda yaşaş joyi quriş uçun berib yuborişdi», deydi xonadon egalaridan Bahromjon Sayitboyev.
«Mahallamizning, köçalarimizning nomi ham yöq. Manzilimizni söraşsa «Kottejlar massivi» deymiz. Hokimiyat qoşidagi toponimik komissiyaning yöli tört yildan beri biz tomonga tuşmagan. Xonadonlarda asosan yoş oilalar bölgani uçun bolalar köp. Transportlar harakatlanuvçi yölda öynaşsa xavfli. Bolalar maydonçasi, guzar örnini işlab çiqaruvçilar egallab olişgan», deydi xonadonda yaşaydigan ayollardan biri.
Namangan şahar hokimligi Örta Rovuston mahallasida nomi qöyilmagan - «kottejlar massivi» borligini yodidan çiqarib yuborişgan, çoği..
120ta xonadon esa öz muammolariga özi «qovrilib» yaşamoqda.
Şahar hokimligi mutasaddilaridan uşbu muammoli holatlar böyiça samarali harakatlarni kutib qolamiz.