Anvar Otaxöjayev hokimlikning devonxona mudiri orqali 60 ming dollar olgan vaqtida uşlangan. U köp qavatli uy quriş huquqini olib beriş va moliyalaştiriş evaziga şunça pul olganlikda ayblanyapti. Tergovda hokimning boşqa noqonuniy harakatlariga ham huquqiy baho beriladi, deya xabar berdi DXX.
Namangan şahar hokimi Anvar Otaxöjayev 60 ming dollar olgan vaqtida uşlandi, deya xabar bermoqda Davlat xavfsizlik xizmati.
Ma’lum qilinişiça, hokimi va poyabzal işlab çiqaruvçi MÇJ rahbari özaro til biriktirib, quriliş sohasida tadbirkorlik faoliyati bilan şuğullanmoqçi bölgan fuqarodan şahar hududidagi 35 sotix yer maydonida joylaşgan ma’nan eskirgan turar-joy binolari örniga köp qavatli uy barpo etiş huquqini olib beriş va moliyalaştiriş evaziga 60 ming dollar talab qilişadi.
Ötkazilgan tezkor tadbirda dastlab MÇJ rahbari uşbu söralgan pul mablağini olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlandi.
Şundan söng tezkor tadbir davom ettirilib, şahar hokimi özining yana bir işonçli odami bölgan – hokimlikning devonxona mudiri orqali MÇJ rahbaridan 60 ming dollar olgan vaqtida uning noqonuniy harakatlariga çek qöyildi.
Hozirda Namangan şahar hokimi deputatlik daxlsizlik huquqidan mahrum qilinib, Davlat xavfsizlik xizmatining Namangan viloyati boşqarmasi Tergov bölimi tomonidan unga va devonxona mudiriga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi 3-qismi “a” bandi (juda köp miqdorda pora oliş) bilan, MÇJ rahbariga nisbatan esa Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (juda köp miqdordagi firibgarlik) va 28,211-moddasi 3-qismi “a” bandi (juda köp miqdorda pora beriş) bilan jinoyat işi qözğatildi.



















