Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nodavlat ta'lim xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash tartibi o‘zgardi
Foto: Xalq so‘zi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Nodavlat ta'lim xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Bu haqda “Xalq so‘zi” Adliya vazirligiga asosan yozmoqda.
Hujjatga ko‘ra, 2018 yil 1 apreldan boshlab nodavlat ta'lim xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi faoliyat Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan litsenziyalanadi.
Bungacha litsenziyalash Vazirlar Mahkamasining nodavlat ta'lim muassasalari faoliyatini litsenziyalash komissiyasi tomonidan amalga oshirib kelingan.
Qaror bilan tasdiqlangan nizomga asosan nodavlat ta'lim xizmatlari ko‘rsatuvchi yuridik shaxslarga ta'limning har bir turi uchun alohida litsenziya beriladi. Lisenziyada faoliyatning litsenziyalanayotgan turi, ta'lim faoliyati yo‘nalishlari ro‘yxati aniq ko‘rsatiladi.
Nodavlat ta'lim xizmatlari ko‘rsatish sohasida ta'lim turlari bo‘yicha litsenziya olish uchun litsenziya da'vogari tegishli hujjatlarni davlat xizmatlari markazlariga taqdim etadi yoki elektron shaklda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga yuborishi lozim.
Lisenziya da'vogarining arizasi ko‘rib chiqilganligi uchun eng kam oylik ish haqining ikki baravari miqdorida yig‘im undiriladi.
Nodavlat ta'lim xizmatlari ko‘rsatuvchi yuridik shaxslarga faoliyatni amalga oshirish huquqiga litsenziya berganlik va uning amal qilish muddatini uzaytirganlik uchun eng kam oylik ish haqining o‘n baravari miqdorida davlat boji undiriladi.
Mavzuga oid
09:39 / 31.12.2025
Nodavlat maktablarda o‘qiydiganlar ulushi 3 baravar oshiriladi
09:33 / 31.12.2025
Har yili 600 nafar chet ellik “til egasi” bo‘lgan mutaxassis ta’limga jalb etiladi
10:44 / 27.12.2025
Qirg‘izistonda o‘qituvchilar va tibbiyot xodimlarining oyligi 2 baravar oshiriladi
21:54 / 25.12.2025