Sport | 10:28 / 30.03.2018
11778
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyadagi jahon chempionatda britaniyalik hakamlar bo‘lmaydi

FIFA JCh-2018 musobaqasida ishlaydigan 36 nafar hakam va 63 nafar assistentlar ro‘yxatini e'lon qildi.

Unga Angliya, Shotlandiya, Uels va Shimoliy Irlandiyadan biror hakam kiritilmadi. Natijada, Buyuk Britaniya vakillari so‘nggi 80 yilda ilk marotaba jahon chempionatida hakamlik qilmaydigan bo‘lishdi, deb xabar beradi The Guardian.

Nomzodlar orasida ingliz hakami Mark Klattenburg bor edi. Biroq, u 2017 yildan Saudiya Arabistoniga ishga ketdi va APL o‘yinlarini boshqarmay qo‘ydi. FIFA esa uning o‘rniga boshqa ingliz hakamini taklif qilishni istamadi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid