23:50 / 01.04.2018
11682

Bahraynda 86 yil ichidagi eng yirik neft koni aniqlandi

Foto: Foto: Global Look Press/Jim West

Bahrayn qirolligida 86 yil ichidagi eng yirik neft koni aniqlandi. BNA axborot agentligining ma'lum qilishicha, bu kon gaz va yengil slanets nefti zaxiralariga ko‘ra mamlakatdagi amaldagi kondan bir necha marta katta. 

Ta'kidlanishicha, yangi kon Bahraynning raqobatdoshligini oshiradi va davlatga rivojlanish sohasida turli loyihalarni amalga oshirishga hamda do‘stona davlatlar va global moliya bozorlari oldidagi majburiyatlarini bajarishga imkon beradi. 

Top