Namangança paradoks. Gumburlaşni eşitganlar ovoz haqidagi xabarlarni yolğonga çiqarişdi, ovoz qayerdan çiqqani sirligiça qolmoqda
|23:09 / 07.12.201842 3198 min
6 dekabr kuni Namangan viloyatining ayrim hududlarida istiqomat qiluvçi aholi kuçli gumburlaş ovozini eşitişdi. Bu ovozni viloyat hududida bölgan Kun.uz muxbiri ham, Namangan şahar iste'molçilar huquqlarini himoya qiliş jamiyati raisi Husanboy Aliyev ham, «Mingbuloqneft» Özbekiston-Xitoy qöşma korxonasi boş muhandisi Isroil Uluğxanov ham eşitişdi.
Şu kuni ijtimoiy tarmoqlarda turli vahimali xabarlar tarqaldi. Dastlabki xabarlarda hududdagi gaz quyiş şoxobçalaridan biri portlagani aytildi.
Ammo ovoz Namangan şahri, Mingbuloq, Töraqörğon, Uyçi va Çortoq tumanlarida ham eşitilgandi.
Dastlab, telegramdagi Daryo — LIVE kanali Namanganda qandaydir gumburlagan ovoz (portlaş) tarqalgani, odamlar vahimadaligi haqida xabar tarqatdi.
Kun.uz öz manbalariga asoslangan holda bu ovoz Mingbuloq tumani hududida neft konidagi geologik qidiruv işlari bilan boğliq ekani haqida xabar berdi.
Namangan şahar iste'molçilar huquqlarini himoya qiliş jamiyati raisi Husanboy Aliyev ham «Mingbuloq» koniga borib, gumburlaş ovozlari Mingbuloqda neft qidiriş işlari bilan boğliq ekanini aniqlagan.
«Avtomobillarga gaz quyiş şoxobçalaridagi narxlar borasida doimiy monitoring yuritayotganimiz uçun bu xabarga oydinlik kiritiş qiyinçilik tuğdirmadi. Mingbuloq tumanida burğilaş işlari olib borilayotgan hududda portlaş röy bergani haqidagi taxminimiz töğri çiqdi. Işçi guruh bilan birgalikda uşbu tumanga borib, voqea joyini kuzatiş natijasida haqiqatan ham neft sizib çiqqani aniqlandi. Mutasaddilar suhbat davomida mazkur hududdan neft çiqqanini tasdiqlab, tegişli işlar olib borilayotganini ta'kidladi. Biroq hozir qança miqdorda neft çiqqani va kölami haqida rasmiy ma'lumot olişning imkoni bölmadi», — deya uning sözlarini keltirdi Turon24 agentligi.
Tuman hokimligi qabulxonasidagi ismini oçiqlaşni istamagan manba ham bu ma'lumotni tasdiqlagan va mazkur holat tumanning Çordona mahallasi hududida röy berganini bildirgan.
Mavzuga oid
Manbalar hodisadan keyin hudud xavfsizlik nuqtai nazaridan örab olingani va fuqarolar kirişi çeklanganini aytişdi.
Bugun, 7 dekabr kuni esa «Özbekneftgaz» mazkur ma'lumotni rad etib çiqdi.
«6 dekabr kuni bir qator ommaviy axborot vositalarida «Mingbuloq» konida portlaş sodir bölgani töğrisidagi xabarlar tarqaldi. Biz şuni rasman ma'lum qilamizki, bu xabar yolğon va asossiz hisoblanadi. Ayni vaqtda «Mingbuloq» konida özbekistonlik va xitoylik mutaxassislar ştat rejimida M-15 quduğida iş olib borişmoqda. Şu munosabat bilan Özbekiston fuqarolaridan işonçli manbalar ma'lumotiga e'tibor qaratişni, jurnalistlardan esa tasdiqlanmagan ma'lumotlarni tarqatmaslik va aholini çalğitmaslikni söraymiz», — deyiladi kompaniya xabarida.
«Özbekneftgaz» oçiq axborot siyosati yuritişi va OAV bilan har doim hamkorlikka tayyorligini qöşimça qilgan.
«Gazeta.uz» esa Favqulodda vaziyatlar vazirligidan uşbu xabarlarga munosabat söragan.
Vazirlik ma'lumotiga köra, viloyat aholisi vakillaridan portlaş ovoziga öxşaş baland tovuş eşitilgani haqida xabarlar kelib tuşgan, biroq hozirça hodisa vaqti va joyini aniqlaşning imkoni bölmagan.
«Biz barça tuman va viloyat şifoxonalarini tekşirdik, jabrlanganlar yöq. Şuningdek, barça gaz quyiş şoxobçalarini ham tekşirdik, u yerlarda ham portlaş bölmagan. Geologlar bilan suhbatlaşdik, ular ham heç qanday geologik razvedka işlari olib borilmaganini aytişdi», — deya qayd etilgan Özbekiston FVV xabarida.
Bu vaqtda asosan Namangan viloyati hayotini yoritişga ixtisoslaşgan Namcity.uz naşrida Daryo.uz, Turon24 va Kun.uz saytlari xabarlariga raddiya berildi.
«Öylab gapiriş ham san'atmi?» sarlavhali materialda «respublika miqyosida köp sonli auditoriyaga ega bölgan internet naşrlari yolğon xabar bilan öquvçilari e'tiborini jalb qilgani» aytib ötiladi.
Xabarda viloyat hududida haqiqatdan kuçli gumburlaş ovozi eşitilgani, biroq bu ovoz Mingbuloq tumanidagi neft konidan çiqmagani ta'kidlab ötiladi.
«Mazkur saytlarda ta'kidlangan «Ayni vaqtda hudud xavfsizlik nuqtai nazaridan örab olingan va fuqarolar kirişi çeklangan», degan axborot mutlaqo asossiz. Çunki xavfsizlik nuqtai nazaridan amalga oşiriladigan bu holat, avvalo, içki işlar tizimi zimmasida. Hozirgi kunga qadar şaxsiy tarkibimiz bu kabi işlarga jalb qilinmadi, hamma öz xizmat joyida. Qolaversa, tuman böyiça olib borgan örganişlarimiz natijasida hududimizda heç qanday portlaş sodir bölmaganini aniqladik», — deya Mingbuloq tumani IIB boşliği, podpolkovnik Avazbek Xöjaxanovning sözlarini keltiradi naşr.
«Yangiliklarni internet orqali öqib, oçiği, hayron böldim. Çunki, 6 dekabr kuni soat 12:00larda iş joyimda edim va bu yerda heç qanday portlaş sodir bölmadi, qolaversa, neft sizib çiqayotgani haqidagi gaplar ham asossiz. Ammo gumburlaş ovozi bizga ham eşitildi», — degan «Mingbuloqneft» Özbekiston-Xitoy qöşma korxonasi boş muhandisi Isroil Uluğxanov.
«Demakki, berilayotgan ma'lumotlar asossiz va tasdiqlanmagan. Asoslanmagan ma'lumot bilan ommani aldaş esa xalq işonçini qozonayotgan nufuzli naşrlarga yaraşmaydi. Zero, dono xalqimiz topib aytganidek, öynab gapirsak ham, öylaaab sözlaylik (namanganlik hamkasblarimiz xabar yoziş texnikasini boşidan örganişlari kerakligi körinib turibdi). Çunki, sözimizning ortidan ergaşguvçi xalq köngliga ğulğula solişdan heç kimga foyda yöq. Aksinça, odamlarning halovati öğirlangani, asossiz tahlikalar köngilni tinçsizlantirgani qoladi, xolos», — deyiladi xabarda.
Namangan viloyati IBB ham kiçik ma'lumot bergan: «Tabiat hodisasi bölişi ham mumkin deb ehtimol qilinayotgan bu holat böyiça hozirda örganişlar davom ettirilmoqda».
ÖzA agentligi esa bu ma'lumotlarni töldirib, «Namanganda sodir bölmagan portlaş haqida» sarlavhasi bilan e'lon qildi.
Kun.uz muxbiri 7 dekabr kuni Mingbuloqqa borib, kon hududida böldi. Kon hududida favqulodda holat röy bergani haqidagi xabarlar yana bir marta rad etildi.
Hozirgaça kuçli gumburlaşlarga nima sabab bölgani haqida rasmiy axborot berilmayapti.
Ovoz manbai haqidagi haqiqatga eng yaqin yagona axborot ham töliq rad etilmoqda va şu bilan birgalikda, ovoz qayerdan kelgani böyiça muqobil variant yöq.
Bu navbatdagi paradoks — gumburlaş ovozini eşitganlar gumburlaş haqidagi xabarni yolğonga çiqarişmoqda.
Agar ovoz Mingbuloqdagi kon hududidan çiqmagan bölsa, qayerdan çiqqan? Yoki boşqa yomonroq voqea bölganmi?
Agar bu ovoz kondan çiqqan bölsayu, bu oxir-oqibat tan olinsa, unda hozir bu xabar nega ommadan yaşirilib, jurnalistlar tuhmatçiga çiqarilmoqda?
Ovozni bir emas, ikki emas, yuzlab, minglab, ön minglab kişilar eşitişgan. Buni öşa odamlarning xotirasidan öçirib yuborib bölmaydi. Bu haqda yozgan naşrlardan ham xabarlarni öçirib yuborib bölmaganidek.
Internet zamonida qandaydir axborotni yaşirişga uriniş - absurd.
Rasmiy ma'lumot berilmas ekan, miş-mişlar bolalaşda davom etaveradi.
Ayrim hamkasblarimiz ayblayotganidek, Kun.uz sayti şov-şuv ortidan quvib, yolğon axborot tarqatmadi. Biz bölmagan voqeani böldi deya olmaymiz, biz ham ertaga yolğonçiga çiqib qolişni istamaymiz, bir ma'lumotni e'lon qilişdan avval, jurnalistikaning boş tamoyillariga asosan bir emas, ikki emas, kerak bölsa, önlab manbalardan suriştiramiz.
Zero, Kun.uz uçun ham haqqoniy axborot tarqatiş prinsipial masaladir.
Şuning uçun, bu örinda sayt xato axborot tarqatdi, deb hisoblamaymiz. Faqat bu yerda davlat organlari aslida nima bölganini yaşirmoqda, degan xulosaga kelyapmiz.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi