Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kosta-Rikada prezident saylovlarining 2-turi bo‘lib o‘tadi
1 aprelda Kosta-Rikada prezident saylovlarining 2-turi bo‘lib o‘tmoqda. Uning yakunlariga ko‘ra Markaziy Amerika respublikasining yangi prezidenti nomi ma'lum bo‘ladi. Prezident lavozimiga “Milliy tiklanish” partiyasi nomzodi Fabrisio Alvarado Munos va yetakchi “Fuqarolik harakati” partiyasi nomzodi Karlos Alvarado Kesada da'vogarlik qilmoqdalar. Ovoz berishda 3,3 mln kishi ishtirok etish huquqiga ega.
4 fevralda o‘tgan 1-turda Alvarado Munos g‘olib bo‘lgan. Unga 29,4 foiz ovoz berilgan. Alvarado Kesada esa 21,6 foiz ovoz to‘plagan.
Kosta-Rika universiteti siyosiy tadqiqotlar markazi tomonidan o‘tkazilgan jamoat fikri so‘rovnomasi natijalariga ko‘ra, 2-tur oldidan ikki nomzod o‘rtasidagi farq minimumgacha qisqargan. Alvarado Munosni so‘ralganlarning 43 foizi, uning raqibini 42 foizi qo‘llab-quvvatlashini aytgan. Yana 15 foiz so‘ralganlar kimga ovoz berish bo‘yicha hali bir qarorga kelmaganlarini aytishgan. Aynan ularning ovozlari hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi.
Yangi prezident o‘z lavozimini 8 maydan boshlab 4 yilga bajarishga kirishadi.
Mavzuga oid
21:47 / 18.11.2025
Dunyoda sayyohlar uchun eng ardoqli bo‘lgan mamlakat ma’lum qilindi
21:33 / 22.04.2025
Kosta-Rikada Poas vulqoni harakatga keldi
19:02 / 03.04.2025
Kosta-Rika sobiq prezidentining Amerika vizasi bekor qilindi
21:05 / 16.03.2025