Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kreml: hibsga olingan milliarder Magomedov Putin bilan avval uchrashgan
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning ma'lum qilishicha, «Summa» guruhi egalaridan biri, milliarder Ziyovudin Magomedov Rossiya yetakchisi Vladimir Putinning tadbirkorlar bilan qator uchrashuvlarida ishtirok etgan. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.
«Magomedov prezidentning yirik biznes va biznes-tashkilotlar vakillari bilan o‘tkazgan qator uchrashuvlarida haqiqatdan ham qatnashgan. Bir necha marotaba shunday umumiy uchrashuvlar yuz berdi. Sizlar bu haqida bilasiz, ishtirokchilar ro‘yxati haqiqatdan ham oshkor etilgandi. So‘nggi vaqtlarda shunday uchrashuvlar yuz bergani haqida menda hech qanday ma'lumot yo‘q», - deya aytib o‘tdi Peskov.
Eslatib o‘tamiz, 31 mart kuni Moskvaning Tver sudi firibgarlik va jinoiy to‘da tashkil etishda gumon qilinayotgan milliarder Ziyovudin Magomedovni hibsga oldi. Sudya Magomedovni yetkazilgan zarar – 2,5 mlrd rubl qiymatdagi garov puliga qo‘yib yuborishdan bosh tortgan. Magomedov o‘z nomiga bildirilayotgan ayblovlarni qat'iyan rad etishini aytgan.
Mavzuga oid
05:49
Putin Trampni mustaqillik bilan tabriklab, Rossiyaga taklif etdi
10:35 / 04.07.2026
Rossiyada safarbar etilganlar uchun tibbiy ko‘rik tartibi o‘zgarishi mumkin
09:50 / 04.07.2026
Sumidagi hujumda besh yoshli qizaloq va onasi halok bo‘ldi
21:48 / 03.07.2026