Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OChL-2018. «Nasaf» muhim o‘yinda g‘alaba qozona olmadi
Osiyo Chempionlar Ligasining guruh bosqichida 5-tur o‘yinlari boshlandi.
«Nasaf» o‘z maydonida Eronning «Persepolis» klubini qabul qilib, 0:0 hisobidagi durangga imzo chekdi. Qarshiliklarni bu o‘yinda faqat g‘alaba qoniqtirar edi. Ammo «Nasaf» o‘rtamiyonalarga xos nursiz o‘yin namoyish etib, vazifani uddalamadi.
Ayni paytda, guruhning yana bir o‘yinida «As-Sadd» o‘z maydonida «Al-Vasl»ni (1:0) mag‘lub etmoqda. Agar bu o‘yinda mezbonlar kamida 1 ochkoni qo‘lga kiritsa ham, «Nasaf» muddatidan oldin OChL bilan xayrlashadi.
OChL-2018. «S» guruhi, 5-tur
2 aprel, Qarshi, "Markaziy" stadioni
Nasaf (Qarshi, O‘zbekiston) – Persepolis (Eron) - 0:0
Bosh hakam: Ali Abdulnabi (Bahrayn)
Qanot hakamlari: Muhammad Salmon (Bahrayn), Abdulla Alravoiymi (Bahrayn). Zaxira hakami: Ismoil Habib Ali (Bahrayn)
Nasaf: 35.Sanjar Quvvatov, 6.Azizjon G‘aniyev (17.Doniyor Narzullayev, 77), 7.Odiljon Hamrobekov, 10.Bobir Abdixoliqov, 20.Islom Kenjaboyev (69.Dragan Cheran, 62), 22.Igor Golban (s), 27.Islom Rashidxonov, 31.Saydullo Rahmatov, 55.Slavko Lukich, 77.Jasur Hasanov (14.Sharof Muhitdinov, 88), 92.Umarbek Eshmurodov.
Persepolis: 1.Alirizo Beyranvand, 2.Sodih Muharramiy, 4.Said Jalol Husayniy (s), 10.Farshod Axmadzoda, 11.Komil Kamilobiy Ziyo, 13.Husayn Mohiniy, 15.Muhammad Ansoriy, 18.Muhsin Robiy Xon, 19.Vohid Amiriy (69.Ali Muslix Taklimiy, 87), 70.Ali Alipur, 88. Siyomak Ne'matiy (8.Ahmad Nurullohiy, 69).
Ogohlantirishlar: Azizjon G‘aniyev (76)
Mavzuga oid
21:37 / 10.04.2026
Superligada hakamlik mojarosi. PFL hakamlar markazidan VAR yozuvini so‘radi
15:01 / 12.02.2026
«O‘zbekneftgaz» futbol klublariga homiylik qilishni to‘xtatadi
20:44 / 05.01.2026
Igor Sergeyev Eronning «Persepolis» klubiga o‘tdi
20:41 / 24.11.2025