Jamiyat | 18:10 / 03.04.2018
5599
1 daqiqa o‘qiladi

«Damas» olib berishni va'da qilib, 10 ming dollarga chuv tushirgan firibgar

Toshkent shahrining Sergeli tumanida jinoyat yuz berdi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

Qayd etilishicha, 31 mart kuni tushgan hujjatlarga ko‘ra, 2008 yilda Qashqadaryo viloyati Qarshi tumani Binokor ko‘chasida yashovchi, 1981 yilda tug‘ilgan H.Z. 1953 yilda tug‘ilgan A.Ya.ning uyi oldida unga 10 ming AQSh dollariga “Damas” avtomashinasini olib berishini aytib, aldash yo‘li bilan ishonchiga kirib, 10 ming AQSh dollarini olib, bergan va'dasini bajarmay olgan pulidan 2 ming AQSh dollarini qaytarib berib, qolgan pullarni o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligi ko‘rsatilgan. 

Ko‘rilgan choralar natijasida H.Z. ushlangan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid