Paxta tozalash korxonalari va paxta tayyorlash punktlari sotuvga qo‘yiladi

Foto: shahrisabzpaxta.uz
Paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishlari va klasterlari faoliyatini tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi hukumat qarori qabul qilindi.
Qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «To‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2017 yil 14 dekabrdagi PF-5285-son Farmonining o‘z vaqtida bajarilishini ta'minlash, paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishini tashkil etishning zamonaviy shakllarini joriy qilish, paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishi hududida joylashgan paxta tozalash korxonalari va paxta tayyorlash punktlarining ishlab chiqarish quvvatlaridan samarali foydalanish maqsadida qabul qilingan.
Hujjatga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan «O‘zpaxtasanoat» AJ va «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi bilan birgalikda paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishlari va klasterlari hududida joylashgan 16ta paxta tozalash korxonasi va 68ta paxta tayyorlash punkti xatlovdan o‘tkazilib, ularning holati baholangan.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «To‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2017 yil 14 dekabrdagi PF-5285-son Farmoni bilan tashkil etilgan Paxta-to‘qimachilik klasterlarini o‘rta muddatli istiqbolda rivojlantirish konsepsiyasi loyihasini ishlab chiqish bo‘yicha ishchi komissiya tomonidan o‘tkazilgan xatlov natijalari bo‘yicha paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishlari va klasterlari hududida joylashgan 1-ilovaga muvofiq paxta tozalash korxonalari va paxta tayyorlash punktlarining bino hamda inshotlarini ularning tashkilotchilariga 5 yil muddatga bo‘lib to‘lash sharti bilan baholash qiymatida sotish, paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishlari va klasterlari tashkilotchilari tomonidan ularning hududida joylashgan paxta tozalash korxonalarining ishlab chiqarish quvvatlaridan 2018 yilda paxta xomashyosini qaytarib berish va ijara asosida qayta ishlash uchun foydalanish to‘g‘risidagi masalalarni paxta tozalash korxonalari aksiyadorlarining umumiy yig‘ilishlarida ko‘rib chiqish uchun kiritish tavsiya etilgan.
Paxta tozalash korxonalari va paxta tayyorlash punktlarining bino hamda inshootlari paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishlari hamda klasterlari tashkilotchilariga ishlab chiqarishni 2 yildan ortiq bo‘lmagan vaqt davomida modernizatsiyalash sharti bilan sotiladi.
Paxta tozalash korxonalari va tayyorlov punktlarining ishlab turgan uskunalari va boshqa asosiy vositalari paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishlari hamda klasterlari tashkilotchilariga ijaraga modernizatsiyalash amalga oshiriladigan davrgacha berilishi mumkin, shuningdek, mulk va yer solig‘i hamda amortizatsiya ajratmalari hisobga olingan holda, davlat mulki uchun belgilangan eng kam stavkalar bo‘yicha beriladi.
«O‘zpaxtasanoat» AJ O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan birgalikda ushbu qarorga 1-ilovada qayd etilgan paxta tozalash korxonalari va paxta tayyorlash punktlarining bino hamda inshootlari bir oy muddatda baholanishini, paxta tozalash korxonalari boshqaruv organlarining yig‘ilishlarini ikki oy muddatda o‘tkazish tashabbusini va Ishchi komissiyaga ko‘rib chiqish uchun tavsiya etilgan (ushbu qarorning 1-bandi «b» kichik bandiga muvofiq) masalalar kun tartibiga kiritilishini, paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishlari va klasterlari tashkilotchilari bilan tegishli shartnomalar tuzilishini ta'minlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishini tashkil etishning zamonaviy shakllarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2018 yil 25 yanvardagi 53-son qaroriga 2-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritiladi.
Tavsiya etamiz
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
Shaharlarda yo‘l ta’mirlash ishlari faqat tunda amalga oshiriladi
O‘zbekiston | 17:20 / 16.05.2025
Kameralar yo‘l chizig‘ini bosganlik uchun jarima yozmaydigan bo‘ldi
O‘zbekiston | 16:46 / 16.05.2025
14 yillik qamoqdan prezidentlikkacha. Xose Muxika kim edi?
Jahon | 16:05 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekistonda OTM talabalari uchun yagona forma joriy qilinishi haqidagi xabarlar rad etildi
O‘zbekiston | 09:56
-
Mutaxassis Toshkentda kuzatilgan chang bo‘roni sabablarini ma’lum qildi
O‘zbekiston | 09:24
-
“Ijtimoiy tarmoqlar qonuni” va grin-kartadagi liderlik - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 09:00
-
O‘zbekiston merganlari Turkiyadagi musobaqada yana oltin medal oldi
O‘zbekiston | 08:34
Mavzuga oid

17:04 / 01.05.2025
AQSh O‘zbekiston paxta sanoatini moliyalashtirganini eshitgan Ilon Mask kulib yubordi

22:00 / 25.03.2025
AQSh Mehnat vazirligi 38 million dollarlik xorijiy yordamni to‘xtatdi

20:13 / 14.02.2025
Fermerlar minimal narxda shartnoma tuzishga majburlanyapti. Sohadagi islohot qarshilikka uchramoqda

20:34 / 20.01.2025