Ötgan mavsumning 5-turida «Qöqon-1912» öz maydonida Samarqandning «Dinamo» jamoasi ustidan 2:1 hisobida ğalaba qozongandi. Öşanda mezbonlar boş murabbiyi Nö'mon Hasanovning matbuot anjumanidagi bir fikri e'tiborimni tortgan. «Men şogirdlarimning öyinga bölgan munosabatidan xavotirga tuşdim, raqibni mensimaslik holatlari bölişidan qörqib turgandim, xayriyat unday bölmadi», - degandi Hasanov.
 
Qiziği, öşanda «Dinamo» qatorasiga öyinlarda ğalaba qozongan, hatto Toşkentda «Paxtakor»ni yutgan, turnir jadvalida «Qöqon»dan oldinda turgandi. Qarang, murabbiy öz oldiga vazifalarni vaziyatdan yoki jadvaldan emas, öz imkoniyatidan kelib çiqib qöymoqda. Şogirdlaridan xavotir olyaptimi, demak öşa şogirdlar ham öz darajalarini baland ekanini bilişadi, murabbiy avvalroq buni singdirib bölgan. Demak, Nö'mon Hasanov Qöqonda kattaroq jamoa tuzmoqçi, deb xulosaga kelgandim.

Birinçi davrani 2-örinda yakunlagan qöqonliklar ikkinçi davrani böş ötkazişdi. Endi esa, bir qator yangi transferlar bilan yangi mavsumga kirib keldi. «Qöqon 1912» 4 öyindan ikki ğalaba va ikki mağlubiyat bilan 6-poğonani egallab turibdi.  

TRANSFeRLAR
«Qöqon» uşbu mavsum oldidan özagini saqlab qolgan va faqat pozitsiyalarni kuçaytiriş böyiça iş olib borgan kam sonli superliga jamoalaridan biridir. Deyarli barça yetakçilar saqlanib qoliş bilan birga, har bir transfer belgilangan reja asosida bajarilganini köriş mumkin. Mana şu yerda, murabbiyga bir neça mavsum imkoniyat beriş jamoaning keyingi qadamlarni taşlaşida xato qilmasligini kafolatlaydi. Çunki, bir yarim yildan buyon Qöqonda murabbiylik qilib kelayotgan Hasanov jamoani qanday körmoqçi ekanini allaqaçon aniqlab, mavjud muammolarni belgilab olgan.

Ötgan mavsumdagi asosiy muammo darvozabon pozitsiyasi edi – bu çiziqda Qöqonda uç darvozabon doimiy ravişda almaşib qöriqlaşdi va ularning birortasi ham barqarorlik körsata olmadi. «Neftçi»dan taklif etilgan Yusupov hozirça işonçni oqlayapti deyiş mumkin.

Himoya markazida ham töliq yangilaniş röy berdi. Dastlabki turlarda Miliç-Komilov juftligi muntazam ravişda tandem sifatida harakat qilişyapti. Bu transferlar öz navbatida öng qanot himoyasidagi muammoni ham yopdi: ötgan mavsumda Jalil Kimsanov u qadar işonçli körinmagan, Hasanov natijada uç himoyaçi bilan variantlarni ham sinab körgan edi. Endi esa, Murod Xolmuhamedov öng qanotda töp surmoqda.

Suhrob Berdiyev tufayli ötgan yili çap qanot hujumi  kuçli köringandi, bu safar serbiyalik legioner Spremo, hamda Muhammadanas Hasanov (örinbosarlar tarkibidan jalb etildi) kabi futbolçilar qanotlardagi muvozanatni tiklaşsa kerak.